01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ayolga ehtirom

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Bahor! Bu faslga beqiyos go‘zalligi sabab “Fasllar kelinchagi” deya nom berishgan. Aynan bahor faslining tashrifi qalblarimizga o‘zgacha jo‘shqinlik, iliqlik olib keladi.

Bahorning ilk kunida nishonlanadigan, tom ma’noda bahor bayrami bo‘lmish 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni esa ana shu kabi bayramlarning debochasidir.

Ayolni ulug‘lash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbeklarda azaliy qadriyatga aylangan. Ayni shu sabab bu bayram har yili yurtimizda ko‘tarinki ruh, o‘zgacha kayfiyatda keng nishonlanadi.

2018-yil 7-mart kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Kasbiy ta’lim kafedrasida “Ayolga ehtirom” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Kasbiy ta’lim kafedrasi mudiri dotsent A.Vardiyashvili kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini bahorning ilk bayrami bilan tabrikladi va ayollarning mamlakatimiz hayotidagi o‘rni, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbirda “Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi” yo‘nalishi 1-kurs 017-49-guruh talabalari tomonidan eng muhtaram va aziz bo‘lgan ayol zotiga ehtirom, tavsif-u ta’riflar keltirildi.

Fakultet xotin-qizlar qo‘mitasining raisi, ushbu guruh murabbiysi, katta o‘qituvchi Shoira Azimova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325–sonli farmonining mazmun-mohiyati haqida gapirib, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlar va tadbirlar mamlakatimizda insonni, jumladan, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning nishonasi ekanligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida 017-49-guruh talabalarining ijodiy chiqishlari namoyish etildi. Muqaddas ayol, Onaga bag‘ishlangan she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir barchaga bayram kayfiyatini taqdim etib, dillarni xushnud etdi.