01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“KONSULTATIV PSIXOLOGIYA” FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOT

2018-yil 5-mart kuni Qashqadaryo viloyati 1-son Asab ruhiy kasalliklar dispanseri psixiatri Ch.Moyliyev va dispanser psixologi Z.Sanayevlar hamkorligida Qarshi davlat universiteti

psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi p.f.f.d.(PhD) B.Jo‘rayev, universitet psixologi A.Husanov hamda psixologiya yo‘nalishi 3- kurs 015-36 guruh talabalari bilan “Konsultativ psixologiya” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkzildi.

Amaliy mashg‘ulotni Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi p.f.f.d. (PhD) B.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan boshladi va talabalarni taklif etilgan mutaxassislar bilan tanishtirdi hamda so‘zni dispanser psixiatri Ch.Moyliyevga berdi.

CH.Moyliyev talabalarga “Aqli zaiflik” va “Aqli pastlik” kasalligining insonlarda kelib chiqish sabablari, davo choralari, qo‘llash mumkin bo‘lgan tavsiyalar hamda “Epelepsiya” “Esteriya” kasalliklari to‘g‘risida o‘zi tayyorlab kelgan slaydlar orqali batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, dispanser psixologi Z.Sanayev va universitet psixologi A.Husanov talabalar bilan inson xotirasi, diqqati, tasavvuri bilan bog‘liq qiziqarli metodikalar o‘tkazishdi.

Ma’lumot o‘rnida: Amaliy mashg‘ulot Qarshi davlat universiteti psixologining faoliyati yo‘nalishlaridan biri Psixologik profilaktika ishlarining asosiy vazifalari: professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda talabalar bilan individual, guruhiy ishlash dasturini bo‘yicha bajarildi.