01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qarshi davlat universiteti rahbariyatining akademik litseyga tashrifi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Globallashuv davri hisoblangan XXI asrda texnika, ilm-fan rivojlangan har bir mamlakat yoshlarning ilm olishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqda, chunki mamlakat kelajagi bugungi kun yoshlariga bog‘liq.

Jumladan,  bizning mamlakatimizda ham hozirgi kunda yoshlarga bo‘lgan e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bejizga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev:  “Biz yoshlar bilan ko‘proq gaplashib, ularning qalbiga quloq solib, dardini bilib, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak”, - deb ta’kidlaganlari yo‘q.

Qarshi davlat universiteti rahbariyati rektor B.Shoimqulov boshchiligida 2018-yil 6-mart kuni universitet akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida akademik litsey laboratoriya xonasida o‘quvchilarning kimyo laboratoriyasidagi jihozlardan foydalanishi va kimyoviy reaksiyalarni mustaqil bajarishi, zamonaviy lingafon xonasida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish, lingafon jihozlaridan foydalanish darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlash va fikrlash qobiliyatlarini namoyon etish jarayonlari kuzatildi. Shuningdek, akademik litsey axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishish, iqtidorli kitobxon o‘quvchilar bilan uchrashish hamda dars jarayonini kuzatish maqsadida universitet rahbariyati o‘quv xonalariga ham tashrif buyurishdi. O‘quvchilar bunda o‘zlari yozgan, shoirlar ijodidan xorijiy tillarga tarjima qilgan to‘rtliklarini aytib berishdi hamda o‘zlari yaratgan loyiha va ixtirolarini namoyon qilishdi. Tashrif davomida akademik litsey oshxonasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va taomnomalar bilan ham tanishildi. O‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlari va erishgan yutuqlari bilan tanishish maqsadida jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darslari jarayoni ham kuzatildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan qiziqishlari, kelajakdagi maqsad va rejalari to‘g‘risida suhbatlashildi. Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonliklari va jismonan yetuk, baquvvat ekanliklarini turli xil sport mashg‘ulotlari bilan namoyon etishdi. O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida universitet rektori o‘quvchilarni bundanda ulug‘roq marralarni ko‘zlashi lozimligini, ko‘proq izlanishlar olib borishlari, buning uchun universitet axborot resurs markazidan foydalanishlari mumkinligini aytib o‘tdi. Ushbu tashrif natijasida litsey o‘quvchilari Qarshi davlat universiteti yo‘nalishlari haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu esa universitet bilan hamkorlik aloqalarining yanada rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.