01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Mening bahorim

2018-yil 1-mart kuni QDU faollar zalida buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya tavalludining 103 yilligiga bag‘ishlangan “Mening bahorim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan inson topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o‘z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevral kuni “Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonga asosan Zulfiya nomidgi davlat mukofotini berish shartlari o‘zgardi. Endilikda Zulfiya nomidagi davlat mukofotini 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan talabgorlarga beriladi.

Tadbirda shoiraning bahor, muhabbat mavzusidagi she’rlari talabalar tomonidan mahorat bilan ifodali o‘qildi, Zulfiya va Hamid Olimjon hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Shuningdek, tadbirda Zulfiyaning tarjimonlik faoliyatidan namuna tarzida buyuk rus shoiri A. S. Pushkinning “Esimdadir ajib dam hali” she’ri ifodali o‘qildi. Tadbirda fakultet talabasi Usmonova Nargiza o‘z ijodidan Zulfiyaxonimga atalgan she’rini faxr bilan ijro etdi. O‘zbek, turkman raqslari esa hammaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ushbu tadbir hammada katta taassurot qoldirdi. Tadbir rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Xalilova L.A., Saydullaeva R.I, Saidova Z.X. tomonidan tashkil etildi.