01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

O‘zbekiston-Rossiya hamkorlik ko‘prigi: “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk o‘zbek shoiri” mavzusidagi davra suhbati Moskva davlat Lingvistika universitetida tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2909-sonli qaroriga muvofiq Qarshi davlat universiteti Moskva davlat Lingvistika universiteti bilan

2017 yil 29 noyabrda 2/17-sonli shartnoma imzoladi. 2018 yil 27 fevral kuni Moskva davlat Lingvistika universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati tashkilotchilari - Rossiya Federatsiyasining Ta’lim va fan vazirligi, MDH ishtirokchi davlatlari tillari va madaniyati tashkiloti, Moskva davlat Lingvistika universiteti, Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi hamda Moskva shahrining O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi. Davra suhbatini MDLU rektori I. A.Krayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqidagi film namoyish etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi nufuzli tashkilotlar rahbarlari, xodimlari so‘zga chiqdilar. Jumladan, “O‘zbekiston bilan do‘stlik va hamkorlik jamiyati” raisi I.E.Krugovix, Moskva shahrining O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi X.P. Abdullayev, “Bobur va boburiylar” bibliografiyasi hammuallifi N. S. Xolmuxammedov, Moskva davlat Lingvistika universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor, filologiya fanlari doktori A.P.Bondarev, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiy va Afrika mamlakatlari tarixi instituti Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari kafedrasi dotsenta D. V.Jigulskaya, Ozarbayjon davlat jahon tillari universiteti prorektori S.G.Gasanov, O‘zbekiston davlat jahon tillari  ikkinchi chet tilini intensiv o‘qitish  kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, Kamola Salixovna Qodirova, MDLU tojik tili o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi X.D.Xamrakulova, O‘zbekiston davlat jahon tillari o‘zbek tili kafedrasi dotsenti, Moskva davlat Lingvistika universiteti o‘zbek tili o‘qituvchisi (sobiq Qarshi davlat universiteti dotsenti) B.X.Qorayeva, MDH ishtirokchi davlatlari tillari va madaniyati bo‘lim boshlig‘i V. N.Konev, Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalaridan A.Kolesnikov, E.Asatryanlar o‘zbek tilida ma’ruza qildilar. Davra suhbatida QarDU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Azizova “Bobur asarlari rus tili tarjimasida” va o‘zbek tilshunoslik kafedrasi dotsent v. b. N.Musulmonova “Zaxiriddin Muhammad Boburning poetik mahorati” mavzusida ma’ruza qildilar, shuningdek Boburning ruboiy, g‘azal va qit’alarining rus va o‘zbek tillarida aytib berdilar.

Davra stoli yakunida Moskva shahrining O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi tomonidan o‘zbek milliy taomlari davra suhbati ishtirokchilarga tortildi. Rossiya Federatsiyasining yuragi – Moskva shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra stoli yuqori saviyada tashkil etilib, unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

BATAFSIL DASTURDA… (SIS.PDF)