Universitet yoshlari tashabbusi

Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga

yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir.

SH.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2744-sonli Qarori asosida

Qarshi shahridagi Mustaqillik shoh ko‘chasida Birinchi Prezidentimizning haykallarini o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasi, u kishining sermazmun hayoti va faoliyatining yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin egallagani, yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganini ta’kidlab, qurilish obyektiga o‘z tashabbuslari  bilan mehnat qilishlarini bildirdilar.

Ushbu tashabbusni keng jamoatchilik, universitet rahbariyati hamda viloyat hokimligi vakillari qo‘llab-quvvatlab, bugungi kunda ushbu qurilish maydonida amalga oshirilayotgan keng bunyodkorlik ishlarida 50 dan ortiq talaba-yoshlar o‘z hissalarini qo‘shib, mehnat qilmoqdalar.

 Talaba-yoshlarimiz ushbu tarixiy qurilish maydonida o‘z hissalarini qo‘shayotganliklaridan baxtiyor ekanliklarini bildirdilar.

Bugungi kunda ushbu tashabbusga qo‘shilayotgan talaba-yoshlarimiz safi kengayib bormoqda.

JoomShaper