“Ziyo sadolari” jamoasi yana g‘olib!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009- yil 7- apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son

Qarorida belgilangan vazifalar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017- yil 24- apreldagi 248-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun dahldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida har yili Oliy ta’lim muassasalari  o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas, Vatan!” Respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

2017-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yagonasan, muqaddas, Vatan!” Respublika ko‘rik tanlovining Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi yakuniy bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda hududiy bosqich g‘oliblari ishtirok etishdi. Qarshi davlat universiteti talabalari, “Ziyo sadolari” jamoasining a’zolari  solistlar Xalilov Xurshid, Umarov Furqat  “O‘zbekiston, yolg‘izim” (Iqbol Mirzo she’ri, L.Pirnazarov musiqasi)  qo‘shig‘i bilan muvaffaqiyatli qatnashdi.  Ko‘rik tanlovning uch karra g‘olibi bo‘lgan “Ziyo sadolari” jamoasi, joriy yilda ham birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

Endi “Ziyo sadolari” jamoasi joriy yil avgust oyida o‘tkaziladigan “Yagonasan, muqaddas, Vatan!” Respublika ko‘rik tanlovining yakuniy mamlakat bosqichida ishtirok etadi. Mamlakat bosqichida ham omad tilaymiz.


JoomShaper