“Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!”

2017-yil 6-iyul kuni Qarshi davlat universiteti bosh binosi oldida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qarshi davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, magistratura va bakalavriat bitiruvchilari, bitiruvchilarning ota-onalari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda Qarshi davlat universiteti rektori, prof. B.A.Shoimqulov so‘zga chiqib,  bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, oliygohni bitiruvchilariga yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida ta’kidladi hamda bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlari uchun ulkan zafarlar tiladi.

Shuningdek viloyat halq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i L. Xolov, “Adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri prof. N. Shodmonov so‘zga chiqib, bitiruvchi yoshlarning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng bitiruvchilarga tantanali diplom va faxriy yorliqlar,bitiruvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbirda so‘ng bitiruvchilarning ota-onalari, O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi Chuliyeva Nilufar, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bitiruvchisi Egamberdiyev Murod o‘z tabrik so‘zlarini aytishdi.

Tadbir so‘ngida universitet “Ziyo sadolari” musiqa jamoasining chiqishi bo‘lib o‘tdi.

JoomShaper