Iyun – giyohvandlikka qarshi kurash oyligi

Yoshlar giyohvandlikka qarshi 

Yoshlar – umrimiz gullari, ertangi hayotimiz nihollaridir.

2017-yil 28-iyun kuni Qarshi shahrida “26-iyun - Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni”

munosabati bilan viloyat hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Kamolot” YOIH viloyat Kengashi, viloyatdagi xalq ta’limi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida yugurish bo‘yicha marafon musobaqasi o‘tkazildi.

Qarshi Olimpiya zahiralari kollejidan viloyat Amfiteatrigacha bo‘lgan  uch ming metr masofada o‘tkazilgan musobaqada universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Yugurish marafonida universitet talaba-sportchilaridan Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari B.Qudratov 1-o‘rinni, S.Ro‘ziqulov 2-o‘rinni, qizlar o‘rtasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi D.Do‘stmurodova 1-o‘rinni, Z.Nurimova 2-o‘rinni, Xorijiy tilllar fakulteti  talabasi M.Xudoyberdiyeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

JoomShaper