Yoshlar giyohvandlikka qarshi!

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 2017-yil 21-iyun kuni 26-iyun - “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan

universitet faollar zalida viloyat hokimligi, viloyat Narkologiya dispanseri va Qarshi davlat universiteti hamkorligida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Narkologiya dispanseri bosh vrach o‘rinbosari Z.Meyliyev, universitetning Biotexnologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Jovliyev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev ma’ruza qildilar. Ular o‘z ma’ruzalarida giyohvandlik – asr vabosi, tinchlik va taraqqiyot dushmani ekanligi, bunday illatlarga har doim qarshi turib, ogoh bo‘lish kerakligi, mustaqil yurtimiz taraqqiyotiga yot bo‘lgan bunday illatlarga qarshi samarali ishlarni amalga oshirishda barcha birdek kurash olib borishi zarur ekanligini ta’kidladilar. Talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

 

JoomShaper