“Dilga yaqin ohanglar”

2017-yil 16-iyun kuni Pedagogika fakultetining 303-auditoriyasida Musiqa ta’limi kafedrasi tomonidan ma’naviy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirga Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari va ularning ota-onalari ham taklif etildi.

Musiqa ta’limi kafedrasining o‘qituvchisi F.Azizov tomonidan tashkil etilgan “Dilga yaqin ohanglar” mavzusidagi hisobot konsertida  o‘zbek xalq kuylaridan  “Dilxiroj”, “Norim-norim”, “Sharop”, “Nasri segoh”, “Qari navo”, “Andijon polkasi”, Tanovor”, “Tarji navo”, O‘zbek bastakorlaridan M.Mirzayevning “Yangi tanovor”, “Jonon”, “Orzu dil”, R.Tursunovning “Shaxlo”, Sh.Raximovning “Ko‘ngil guldastasi” kabi kuy va qo‘shiqlari milliy cholg‘u ansambli tomonidan ijro etildi.

Ma’naviy-musiqiy tadbirda o‘zbek milliy cholg‘ularida mohirona ijro etilgan diltortar kuylar tomoshabinlar olqishiga sazavor bo‘ldi.

 

JoomShaper