KITOB QALBGA ZIYO BERGUVCHI MANBA

2017-yil 16-iyun kuni Samarqand Davlat universitetida “Yosh kitobxonlar” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu bosqichda besh yo‘nalish doirasi bo‘yicha Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Samarqand Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti, Guliston Davlat universitetlarining talabalari ishtirok etdi.

Ko‘rik tanlovda Qarshi davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, Bobontayev Alouddin “Kitob tafakkur xazinasi” maqolalar yo‘nalishida faol ishtirok etib 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Abatov Doston “Eng faol badiiy asarlar targ‘ibotchisi” yo‘nalishida faol ishtirok etib
2- o‘rinni egalladi.

Tanlovda kitobxonlik va kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, kitob targ‘iboti va sara badiiy asarlar miqdorini ko‘paytirish va shu kabi mavzularda qator takliflar va loyihalar ham yosh talabalar tomonidan taqdim etildi.

Kitob qalbga ziyo berguvchi, uni ulug‘ orzu, maqsadlar sari intilishdagi yo‘lida sodiq yo‘ldosh, hamroh bo‘lguvchi manbadir. Bilimga chanqoq qalblar doim kitobga intiladi. Kitob bizga ilm, ongimizga ma’naviy ozuqa beradi. Ilm esa kelajak sari yo‘llarimizni yoritib beradi. Yurtimizning yosh avlodlaridan umidlari katta. Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishining qabul qilinganligi odamlarda kitobxonlikka, ayniqsa, yoshlarda kitobga bo‘lgan e’toborni yanada oshirdi.

Zero, kitobga talab va ehtiyojning ortishi kitobxonlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu esa kelajak avlod ongi yuksalishining negizidir.

JoomShaper