Universitetda 2017-2018 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-2955-son Qaroriga asosan Qarshi davlat universitetida

2017-2018 o‘quv ushbu o‘quv yili uchun qabul jarayoniga jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Bu yilgi qabul rejasiga ko‘ra universitetdagi 31 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1400 nafar (390 ta davlat granti, 1010 ta to‘lov-shartnoma asosida), shuningdek, 12 ta magistratura mutaxassisliklariga jami 52 nafar (15 ta davlat granti, 37 ta to‘lov-shartnoma asosida) talaba qabul qilish belgilangan.

Universitetning Tabiiy fanlar, Fizika-matematika, Tarix va ijtimoiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari tarkibidagi 18 ta ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlar qabul qilish uchun universitet hududidagi Yoshlar markazi binosida, shuningdek, Pedagogika, Xorijiy tillar va O‘zbek filologiyasi fakultetlari tarkibidagi 13 ta yo‘nalish uchun FOK binosida zarur sharoitlar yaratildi.

 

 

Bu yilgi qabul jarayonida universitetga 31000 dan ortiq hujjat qabul qilish kutilayotganidan kelib chiqib, universitet hududidagi 5 ta bino (4470 o‘rin), Qarshi shahridagi 9 ta AL va KHKlari binolari (6330 o‘rin) hamda Qarshi shahri va Qarshi tumanidagi 32 ta maktab binolarida (20520 o‘rin) testlar o‘tkazish uchun joylar tayyorlanmoqda.

Ayni paytda qabul komissiyasi faoliyati uchun ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 47 nafar texnik kotiblar tarkibi shakllantirildi va tasdiqlandi. Shuningdek, qabul jarayonini belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazish uchun Ota-onalar bilan ishlash komissiyasi tashkil etildi, qabul jarayonida tartib-intizomni ta’minlash maqsadida ichki ishlar xodimlari hamda universitet “Kamolot” YOIH a’zolaridan iborat 19 nafar ko‘ngilli drujinachilar jalb qilindi. Kompyuter bo‘limi shay holga keltirildi va unga 14 nafar mutaxassis biriktirildi. Hujjatlar qabul  qilinadigan har ikki bino zaruriy texnik vositalar hamda jihozlar bilan ta’minlandi. Qabul jarayoniga jalb etilgan texnik kotiblarga ularning faoliyatlariga doir tartib-qoidalarlar hamda amaldagi huquqiy-meyoriy hujjatlar o‘rgatilib, ular asosida ishlash bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etildi. “Universitet qabul hay’ati axborotlari” doskalari shakllantirilib, ularga barcha zaruriy ma’lumotlar joylashtirildi.

2017 yilning 15 iyun kuni soat 9:00da Qarshi davlat universitetida qabul komissiyasi abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishni boshladi. Shu kuni jami 58 nafar abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi. Qabul jarayoni davom etmoqda. 

Mas’ul kotib                                                 Sh.B.Nuriddinov

JoomShaper