Biz Vatanga tayanchmiz!

Qarshi davlat universiteti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, universitet “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti hamda Musiqa ta’limi  kafedrasi tomonidan 2017- yil  13-iyun kuni universitet “Yoshlar markazi”da

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz Vatanga tayanchmiz” mavzusidagi ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni  bilan 2017 — 2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarimizning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etishda, jamiyatda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan universitet “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi E.Boratov hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Davlat dasturlarining maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yoshlarimizning faol ishtirokini taminlash, yuksak ma’naviyatli,  keng fikrlaydigan, intellektual sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalash, yoshlarimizni bugungi kunda butun dunyoda xavf solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm, odam savdosiga qarshi kurashish, giyohvandlik va “ommaviy madaniyat” kabi salbiy illatlarga qarshi tura oladigan komil farzandlar etib tarbiyalashdan iborat ekanligi haqida so‘z yuritdi.

Ushbu o‘quv yilida  universitetimiz professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari  turli tanlovlar, sport haftaliklari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

Dastlab, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarida ko‘rsatgan tashabbusi va faol ishitiroki uchun fakultetlar dekanlari va professor - o‘qituvchilari, 2016-2017- o‘quv yili mobaynida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar, “Sport sog‘lomlashtirish haftaligi” doirasida o‘tkazilgan universitet birinchiligi musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar taqdirlanib, ularga universitet rahbariyati va “Kamolot” YOIH boshlang‘ich tashkilotining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Shundan so‘ng, Musiqa ta’limi yo‘nalishi  iqtidorli talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

 

JoomShaper