0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Alqissa deganlarga adab zevar bil”

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018 yil 9 fevral kuni Qarshi davlat universitetining Pedagogika fakulteti ma’ruzalar zalida Pedagogika fakulteti jamoasi, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabalari ishtirokida

o‘zbek adabiy tilining asoschisi, ulug‘ shoir va mutafakkir, yirik davlat arbobi va madaniyat homiysi Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan “Alqissa deganlarga adab zevar bil” mavzusida adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani muovini N. Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri ekanligi va u kishi yaratgan asarlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda Pedagogika fakulteti dekani, dotsent Sh.Nurillayeva ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida: “Hazrat Alisher Navoiy hayratlanib yaratgan timsol - komil inson ruhiyat manzaralari qizil, sariq, yashillikka chulg‘angan orif inson kamolotining daraja-sifatlarini ifoda qiladi. Olamning kichik bo‘lagini vujudida tutgan inson qalbi, tuyg‘ularidan rang olgan jilvalar, rangin ohanglar ma’nosini badiiy yoritishga xizmat qilajagini”,- ta’kidladi.

Tadbirda davomida Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish qilindi va shoir ijodiga oid she’rlardan namunalar o‘qib berildi. Tadbir davomida Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari Alisher Navoiy portretini chizib tadbir ishtirokchilariga taqdim etdilar. Adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etgan Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari Mo‘minova Muxayyo, Ramazonova Sevara, Saidova Dinara, Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi talabasi Davletova Kumush, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari Sadinova Gulchehra, Fozilova Kumush, Normo‘minova Munisalar fakultet dekani va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida Pedagogika fakulteti dekani, dotsent Sh.Nurillayeva tadbir tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________