01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

CHEKSIZ IMKONIYATLAR BIZ UCHUN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2017-yildagi “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi  PF-4947-sonli  va 05.07.2017-yildagi

“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli  Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadidajoiy yilning 8-fevral kuni Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Kengashi a’zosi G.S. Kattaboyeva tomonidan “Cheksiz imkoniyatlar biz uchun” mavzusida viktorina ko‘rinishida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Biologiya kafedrasi mudiri B. Xo‘jamqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va viktorinaning shartlari bilan tanishtirdi. Birinchi bosqichda G. Kattaboyeva Prezident Farmonlariga doir avvaldan tayyorlab kelingan savollar bilan viktorina ishtirokchilariga murojaat qildi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan 6 nafar talaba viktorinaning 2-bosqichiga yo‘l oldi. Bu bosqichda ularga yuqoridagi Farmonlar mazmuniga aloqador bo‘lgan maxsus keyslarni yechish vazifasi yuklatildi.

Murosasiz kechgan musobaqani jyuri a’zolari sifatida taklif etilgan Biologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari baholab bordilar. Hisob natijalariga ko‘ra Biologiya yo‘nalishi 016-56-guruh talabasi D. Panjiyeva, 016-52-guruh talabasi O. Elmurodova va 017-51-guruh talabasi M.Omonovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Tadbirni G. Kattaboyeva o‘zining “Cheksiz imkoniyatlar biz uchun” nomli ma’ruzasi bilan yakunladi. Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalar har ikkala Farmonda ko‘zda tutilgan cheksiz imkoniyatlar yuzasidan to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ikki soat davom etgan tadbir juda qizg‘in o‘tdi va barchaga manzur bo‘ldi.