0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Kitob hayot ko‘zgusi”

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, talabalarda kitobni mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish uchun Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetining Biologiya yo‘nalishi 015-52-guruhida “Kitob hayot ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uni guruh rahbari Z. Zubaydova boshqardi. Tadbirda o‘zbek adiblari asarlari nomlari, ularda jo bo‘lgan tarixiy voqealar, asar qahramonlari, asarning tarbiyaviy ahamiyati bo‘yicha tuzilgan qator savollar talabalar hukmiga havola etildi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan talabalar qayd etib borildi. Eng faol ishtirok etgan talabalar ichida g‘olib aniqlandi. Guruhning O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Tabiiy fanlar fakulteti Kengashi a’zosi Kattaboyeva Gulnoza birinchi o‘rinni egalladi. G‘olib Fahriy yorliq bilan taqdirlandi va unga esdalik uchun kitob sovg‘a qilindi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________