01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Talaba-yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy, ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda ota-onalar bilan hamkorlikning roli

2018-yil 7-fevral kuni Qarshi davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan 017-75-guruh talabalari, ularning ota-onalari va universitet ma’muriyati ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”,

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04.2017 yil) PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Talaba-yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda ota-onalar bilan hamkorlikning roli” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, fakultet dekani R.Jumayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari T.Kenjayev, fakultet murabbiylar kengashi raisi N.Musulmanova, guruh rahbari dots.B.Bahriddinova, ota-onalar va guruh talabalari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yoshlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlanishi, yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga doir ishlar, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish xususida so‘z bordi.

Universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev ijarada va talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘zini tutishi, axloqi, kiyinishi, o‘quv jarayonlarida ishtiroki xususida gapirib o‘tdi.

Guruh rahbari B.Bahriddinova guruh talabalarining 1-kurs talabalari ichida iqtidorli va alohida qobiliyatiga ko‘ra saralab olingani, ular bilan maqsadli ishlashni tashkil etish, xususan, chet tillari, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirishi, muassasada kiyinish madaniyatiga amal qilishi, 1-yarim yillik yakunlariga ko‘ra talabalarning o‘zlashtirishi va OTMni tugatgandan so‘ng kasbiy faoliyatni yo‘naltirish imkoniyatlari xususida fikrlarini bildirdi.

Ota-onalar bildirilgan taklif va mulohazalarni bir ovozdan ma’qulladilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.