0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Alisher Navoiy – xalqning ma’naviy tayanchi va yorqin quyoshi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018-yil 7-fevral kuni 1-Talabalar turar joyining Ma’naviyat-ma’rifat xonasida ulug‘ mutafakkir va buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy - xalqning ma’naviy tayanchi va yorqin quyoshi” mavusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir dasturidan o‘rin olgan rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari: dotsent N.V.Kurasova, katta o‘qituvchilar L.A.Xalilova va Y.V.Milovanova, o‘qituvchi L.K.Yuldashevalarning ma’ruzalari, rus tili va adabiyoti bo‘limi talabalari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy kompozitsiya, A.Navoiy ijodiga oid viktorinalar o‘rin oldi.

Dotsent N.V.Kurasova o‘z ma’ruzasida, Alisher Navoiyning nomi Gomer va Dante, Shekspir va Balzak, Pushkin va Tolstoy singari buyuk iste’dod sohiblari qatoridan o‘rin olganligini va u insonparvar, zabardast shoir, dono davlat arbobi sifatida xalq xotirasida abadiy saqlanib qolishini aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida: Navoiyning boy ma’naviy merosi bugungi kunda ham dolzarbligini aslo yo‘qotmagan. Asrlar davomida bunday betakror insonga, uning ijodiga bo‘lgan qiziqish hamon so‘nmagan. Navoiy fikriga ko‘ra, yaxshilik, adolatparvarlik, haqiqatgo‘ylik, xalqiga bo‘lgan fidoyilik, samimiy do‘stlik va muhabbat kabi tushunchalar insoniyatning hayot mazmuniga aylanishi lozim. Bugungi kunda bu kabi tushunchalar bizlarga tanish emasmi?!

Hozir ham ulug‘ shoirimizning unutilmas so‘zlari, go‘yo dunyo madhiyasi kabi yangramoqda: “Dunyo ahli shuni anglangki, yomonlik – bu jaholatning o‘zagidir, o‘zaro hamjihatlikda yashash esa – dunyodagi eng ezgu fazilatdir!”

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________