01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“KITOB – MA’NAVIYAT KО‘ZGUSI”

“Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”.

Sohibqiron Amir Temur 

Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yо‘nalishi 4-kurs 014-54-guruh talabalari о‘rtasida guruh rahbari M.Nasriddinova hamda Viloyat Axborot resurs markazi xodimlari ishtirokida

“Kitob – ma’naviyat kо‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir guruh rahbari M.Nasriddinova boshchiligida joriy yilning 5-fevralida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlari Dasturi” ijrosini bajarish va bu Dasturni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Viloyat Axborot resurs markazida о‘tkazildi.

Viloyat Axborot resurs markazi xodimi M.Sultonova о‘z sо‘zida yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni mutolaaga undash islohotlarning ustuvor yо‘nalishlaridan biriga aylanganligi, bugungi kunda jamiyatda kitobning ma’naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan avlodlarga о‘tib kelayotgan intellektual meros sifatidagi mavqei hamda ahamiyatini saqlash, shuningdek, barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosligi tо‘g‘risida gapirdi.

Guruh talabalaridan S.Norboboyev, D.Mingiyeva, Sh.Ahmedovalar ham aynan mutolaa insonga bilim va axborot berishi va uning ma’naviy olamini boyitishi, yaxshi kitob eng murakkab savollarga ham javob topishda beminnat dastyorligi, insonning ongi va tafakkurini charxlashi, ma’naviy olamini boyitishda, ezgulikni targ‘ib etishda bosma kitobning о‘rni bundan keyin ham saqlanib qolaverishi tо‘g‘risida о‘z fikrlarini bildirdilar.

Tadbir sо‘ngida Munavvar opa Sultonova kutubxona yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda, kitobga bо‘lgan muhabbatini uyg‘otishda beminnat xizmat qilishini va kitobsevar kitobxonlar uchun doimo ma’naviyat о‘chog‘i ekanligini alohida ta’kidladi.