0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Navoiy ijodiga nazar”

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Agar chiqsa adolatning quyoshi,

Taralgay har tomon nur ziyosi.

Agar zulm etsa zolim, bu sitamdin

Jahon bo’lgay qaro, yo’q intihosi.

Alisher Navoiy

2018-yil 6-fevral kuni Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo‘nalishi III kurs 015–4 va 015–5-guruhlarida buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi

munosabati bilan “Navoiy ijodiga nazar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatini 015–4-guruh rahbari D.Sunatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o’z nutqida 9-fevral buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek tilining asoschisi Mir Alisher Navoiy bobomizning tavalludiga 577 yil to‘lganligini, shuningdek, o‘zbek adabiyotini yuksaklarga ko‘targan va avlodlarga boy adabiy meros qoldirgan shoir va davlat arbobi ekanini alohida ta’kidlab, buyuk o’zbek xalqi Navoiyning bevosita vorislari ekanligini, Navoiydek zotga avlodlik va vorislik hissi har bir o’zbekning qalbini g’urur va iftixor tuyg’ulari bilan to’ldirishini hayajon bilan aytib o‘tdi.

Davra suhbati davomida 015–4-guruh talabalaridan U.Hamrayeva, S.O’roqova, S.Olimov, Sh.Erkayevalar; 015–5-guruh talabalaridan G.Soyibnazarova, B.Ziyodullayev, J.Egamberdiyevlar Alisher Navoiy ijodidan g’azal va ruboiylar o’qidilar.

Tadbir barchaga manzur bo’ldi va ko’tarinki kayfiyat ba’g’ishladi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________