Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!

Bobomning izida Vatanni ko‘rdim,

Yurtboshim so‘zida, Vatanni ko‘rdim!

Onamning yuzida Vatanni ko‘rdim,

Bolamning ko‘zida Vatanni ko‘rdim. 

2017 yil 13 yanvar kuni universitet faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi

hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” deb nomlangan ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, tadbirda tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, mustaqil Vatanimiz tinchligi, mamlakatimiz chegaralari dahlsizligini saqlash, halqimiz farovonligi va osoyishtaligini ta’minlashdek ma’suliyatli burchini sharaf bilan ado etayotgan harbiylarimizga sihat-salomatlik, oilalariga tinchlik-omonlik hamda ishlariga muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.

Shuningdek, universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori Sh.Nuriddinov, universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisi T.Valiyev, Xorijiy tillar fakulteti dekani Y.Xamrayeva so‘zga chiqib tadbirda ishtirok etayotgan harbiylarni Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yurt himoyasidek muqaddas burchlarini sidqidildan bajarishda ularga omadlar tiladilar va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Xorijiy tillar fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.

Shundan so‘ng universitetning “Ziyo” talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan “Ko‘zalar” spektakli namoyish etildi.

Tadbir davomida Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishining iqtidorli talabalari tomonidan harbiy xizmatchilarni qalam tasvirda sur’atlari chizilib, ularga bayram sovg‘asi sifatida topshirildi. 

 

JoomShaper