01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Milliy armiyamiz – bizning iftixorimiz va g‘ururimiz”

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2018-yil 12-yanvar kuni Fizika-matematika fakulteti Kasbiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalari, Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.n. X.Nizomov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasiga qarashli

7533-harbiy qism hodimlari Umarov Elyorjon Erkinovich va serjant Yo‘ldoshev Azimjon Abdujabborovichlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganining 26 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz – bizning iftixorimiz va g‘ururimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni kafedra mudiri dotsent A.A.Vardiyashvili kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.n. X.Nizomovga berdi. X.Nizomov “Vatan himoyasi – asriy meros” mavzusida nutq so‘zladi. Shundan so‘ng, so‘zga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi qorovul qo‘shinlari bosh boshqarmasiga qarashli 7533-harbiy qism mayori Elyorjon Umarov O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tarkibida qabul qilingan harbiy nizom va qarorlar bilan tanishtirdi hamda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Kasbiy ta’lim kafedrasi dotsenti Y.Bobojonov “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir” mavzusida nutq so‘zladi hamda yigitlarni ruhlantiruvchi “Askar onasi” nomli yangi she’rini taqdim etdi. Ushbu she’rni tinglab ruhlangan serjant Azimjon Yo‘ldoshev o‘z qalamiga mansub ”Vatan tuyg‘usi” nomli she’rini o‘qib eshittirdi. Tadbir so‘ngida fakultet Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini N.Eshqorayeva, kafedra o‘qituvchilari Y.Daminova va N.Damayevlar so‘z olib, harbiylarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi va “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan chin dildan qutlab, kafedra nomidan esdalik sovg‘alarini taqdim etdilar.