01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Milliy Armiyam – faxrim mening!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabidir. 

Sh.M.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi hamda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab

O‘zbek filologiyasi fakultetida 2018-yil 11-yanvar kuni “Milliy Armiyam – faxrim mening!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahridagi Xonobod qo‘rg‘oni 55418-sonli harbiy qism xizmatchilari O.Hamidov, D.Qobilova, J.Hamidovalar, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni fakultet dekani R.Jumayev kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabrikladi hamda so‘z navbatini Olim Hamidovga berdi. O.Hamidov “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z nutqida yoshlarni Vatan ozodligi uchun mardlik, jasorat, fidoyilik ko‘rsatgan milliy-harbiy qahramonlar bilan tanishtirish va ularni ibrat sifatida qabul qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarda harbiy xizmatga, Qurolli Kuchlarga ijobiy munosabatni shakllantirish hamda ularni sabr-toqatli, matonatli, harbiy intizomli, axloq-odobli qilib tarbiyalash lozimligini ta’kidladi. Harbiy qism kichik serjanti D. Qobilova “O‘zbekiston – mardlar onasi” mavzusida ma’ruza qildi va o‘z nutqida harbiy vatanparvarlik tarbiyasini maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash lozimligini, tarbiyalanuvchilarga vatanparvarlik ruhini singdirish metodikasini ishlab chiqish hamda harbiylar bilan tez-tez uchrashuvlar tashkil etish kerakligini, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy ahamiyatga ega fuqarolik va vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan qadriyatlarni shakllantirish kerakligini, shundagina, ko‘zlangan maqsad o‘z samarasini berishini aytib o‘tdi va saodatli lahzalarni qalbdan tuygan, ona O‘zbekistonga, butun xalqimizga sadoqatini joni bilan izhor qilgan yurtning fidoyi farzandlari doimo sog‘ bo‘lishini tiladi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbir barchaga manzur bo‘ldi.