01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Vatan himoyasi – eng oliy burchdir!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekanati va Biotexnologiya kafedrasi tomonidan “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Janubiy-g‘arbiy okrugi faxriylar kengashi podpolkovniklari

Bozorov Bahodir Qurbonovich, Qo‘chqorov Olimjon Allayorovich hamda Yo‘ldoshev Nikola Narzullayevichlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ular Milliy armiyamizning kuch-qudrati va salohiyati hamda mudofaa tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan talabalar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbir so‘ngida faxriy harbiylar dekanat va kafedra tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.