01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Universitet jamoasi talabalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika birinchiligida ishtirok etdi.

Respublika “Talaba” sport uyushmasi tomonidan sportning  barcha turlari bo‘yicha reja asosida musoboqalar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Joriy yilning 18-22 dekabr kunlari sportning voleybol turi bo‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari chempionatiga Jizzax viloyati mezbonlik qildi. Jizzax davlat pedagogika instituti sport zalida qizlar  o‘rtasida o‘tkazilgan musoboqada 4 ta  oliy ta’lim muassasalari jamoalari, Jizzax politexnika instituti sport zalida yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musoboqada 8 ta oliy ta’lim muassasalari  jamoalari ishtirok etdilar.

Musobaqa sportchi talabalarga o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish bilan bir qatorda, murabbiy va mutaxasislar uchun 2019-yilda Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Universiada” o‘yinlarida ishtirok etuvchi jamoalarning tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Uch kun mobaynida o‘tkazilgan murosasiz bahslarda Qarshi davlat universitetining o‘g‘il bolalar jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, yakunda fahrli 3-o‘rinni egalladilar.