01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

“Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari va yechimlari”

 2017- yil 25-dekabr kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

“Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari va yechimlari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, universitet  qoshidagi akademik litsey va viloyatdagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminarni Qarshi davlat universiteti akademik litsey ka kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Sh.Tursunov kirish so‘zi bilan ochdi.

Amaliy seminarda Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi metodisti D.Umarova, Qarshi davlat universiteti qoshidagi akademik litsey direktori, pedagogika fanlari nomzodi I.Xushmurodova, Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot va servis kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G.Erkayeva, Pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.Djumayeva, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent F.Qanoatova, Fransuz tili va adabiyoti  kafedrasi katta o‘qituvchisi, siyosiy fanlar nomzodi H.Jo‘raqobilova, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi R.Ergasheva, universitet qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi D.Suvonova, Kitob iqtisodiyot va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi I.Ro‘ziyevlar so‘zga chiqib, oliy ta’lim tizimiga nomzodlarni maqsadli tayyorlash masalasiga doir muammolar xususida ma’ruza qildilar.

Amaliy seminar materiallari to‘plam shaklida chop etildi.

Seminar materiallari to‘plami