01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Talabalik – oltin davrim!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2017-yil 19-dekabr kuni universitet faollar zalida 2017-2018 o‘quv yilida Qarshi davlat universitetida 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalarning “Talabalikka bag‘ishlov” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv yilida universitetimizga 30000 nafarga yaqin abiturent hujjat topshirgan bo‘lsa, shulardan eng bilimli, yuqori tayyorgarlikka ega bo‘lgan 1700 nafarga yaqini universitet talabalar safiga qabul qilindi. Tadbir dastlab 1-kursga qabul qilingan iqtidorli talabalar tomonidan “Talaba qasamyodi” o‘qib eshittirilishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng universitet rektori, professor B.Shoimqulov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, universitetda 1-kursga qabul qilingan talabalarni tabriklab, ularning o‘qish va ishlariga omadlar tiladi. 1-kursga yuqori ball bilan qabul qilingan talabalarga ramziy bilimlar kaliti, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Talabalarni qutlash uchun sahnaga mustaqillik yillaridagi birinchi “Alifbe” darsligi hamda bir qancha boshlang‘ich sinf darsliklari muallifi, taniqli olima, professor Tal’at G‘afforova taklif etildi. Tal’at G‘afforova talaba-yoshlarni ushbu tadbir bilan tabriklab, ustozlarga xos kamtarinlik bilan shogirdlar kamolini ko‘rish har bir ustoz uchun eng katta baxt ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga yurtimizda keng imkoniyatlar yaratilganligi, ushbu yurtda halol mehnat qilgan inson albatta e’zoz topishini ta’kidlab o‘tdi. 1-kursga qabul qilingan talabalarga universitet rahbariyati, universitetda tahsil olayotgan nomdor davlat stipendiantlari, O‘zbekiston, Osiyo va Jahon chempionlari, xalqaro musobaqalar sovrindorlari va iqtidorli talabalar namuna sifatida tanishtirildi.

Xalqaro tanlovlar laureatlari bo‘lgan, Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir so‘nggida universitetimiz faxri bo‘lgan “Ziyo” talabalar teatr- studiyasi tomonidan Abdulla Qahhor qalamiga mansub, filologiya fanlari doktori, professor Nafasxon Shodmonov insenirovkasi, rejissor Farhod Boynazarov sahnalashtirgan “Ko‘zalar” nomli spektakli namoyish etildi.