01 / 07

QARSHI DU

02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

AXBOROT RESURS MARKAZI

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA O‘TKAZILDI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Universitet Bosh binosida 2017 yilning 16 dekabr kuni “Islom Karimov saboqlari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan faylasuf olimlar, universitet ilmiy jamoatchilik vakillari, tadqiqotchilar, tashkilotlardan kelgan mehmonlar ishtirok etdilar. Konferensiya yalpi majlisini universitet rektori B.Shoimqulov o‘tkazdi. Unda professorlar A.Erkayev, B.To‘rayev, B.Eshov va S. Choriyev, dotsent M. To‘raqulovlar Islom Karimov asarlari va ma’ruzalarida ilgari surilgan konseptual g‘oyalar tahliliga, uning tomonidan amalga oshirgan ijtimoiy islohotlarning natijalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar qildilar.

Konferensiya shu’balari yig‘ilishlarida I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy taraqqiyotning o‘zbek modeli, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti konsepsiyasi, davlat va jamiyat qurilishi konsepsiyasi, ta’lim islohotlari va ma’naviy yuksalish masalalariga bag‘ishlangan 80 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya buyuk davlat va siyosat arbobi I. Karimov ilmiy-nazariy merosini targ‘ib etish, uning mazmunini yosh avlodga yetkazish yo‘llariga doir rezolyutsiya qabul qildi.