Ta`lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma`naviy-ma`rifiy asoslari

2017-yil 14-dekabr kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Amaliy matematika va informatika kafedrasining 203-auditoriyasida “Ta`lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma`naviy-ma`rifiy asoslari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Fizika-matematika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini v.b. B.E.Daminova, Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri Q.M.Karimov, viloyat prokuraturasi 21-bo‘lim boshlig‘i O.Usanov, viloyat prokurori katta yordamchisi D.Qo‘chqorova hamda Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirni Fizika-matematika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini v.b. B.E.Daminova kirish so‘zi bilan ochib berdi va ”Ogohlik-davr talabi” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda viloyat prokuraturasi 21-bo‘lim boshlig‘i O.Usanov “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida, viloyat prokurori katta yordamchisi D.Qo‘chqorova “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati” haqida ma’ruza qildilar.

Amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, dotsent Q.M.Karimov tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ular orasida korrupsiyani oldini olish hamda unga qarshi kurashish, shuningdek yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanligi haqida fikr bildirdi.


JoomShaper