01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Zakovot barchamizni birlashtirsin!

2017-yil 13-dekabr kuni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 3-talabalar turar joyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet kengashi a’zolari va pedagog-tarbiyachi tashabbusi bilan "Zakovot barchamizni birlashtirsin" shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda fizika-matematika fakulteti dekani, professor A.Q.Tashatov, fizika-matematika fakulteti ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini v.b. B.E.Daminova, talabalar shaharchasi direksiyasi direktori N. Pardaqulov, 3- talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi A. Bozorov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi shahar hamda fakultet kengashi a’zolari va TTJ talabalari ishtirok etishdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinining birinchi bosqichida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi shahar kengashi a’zolari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti kengashidan a’zolar ishtirok etishdi. O‘yinning bu tur g‘olibligi uchun “Ittifoq”, “Istiqlol”, “Ideal”, va “Victory” jamoalari o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. “Zakovat” intellektual o‘yinida bilimdonlar o‘zlarining turli fanlardan egallagan bilimlarini yana bir bor sarhisob qildilar.

“Zakovat” o‘yinida Fizika-matematika fakulteti talabasi J.Ochilov boshlovchilik qildi. Jamoalarning savollarga bergan javoblarini esa B.Daminova, N. Pardaqulov, A. Bozorov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi fakultet kengashi a’zolari, va TTJ pedagog-tarbiyachilaridan tuzilgan hakamlar hay’ati baholab borishdi. O‘yinning birinchi bosqichi natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati “Ideal” jamoasini g‘olib deb e’lon qildi va bu jamoa “Zakovat” intellektual o‘yinining universitet bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. O‘yin yakunida fizika-matematika fakulteti dekani, professor A.Q.Tashatov hamda talabalar shaharchasi direksiyasi direktori N.Pardaqulov g‘olib jamoaga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.