01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Universitetda “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining  2017-yil 28-oktabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga doir chora-tadbirlari dasturi”

da belgilangan vazifalar ijrosini bajarish maqsadida  2017-yil13-dekabr kuni Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti faollar zalida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Do‘stona ruhdagi o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda  universitet talabalaridan tashkil topgan “Janublik janoblar” jamoasi, Qarshi Serjantlar tayyorlash maktabi harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan “SHer yigitlar” jamoasi ishtirok etdilar. Jamoalar o‘z chiqishlarida harbiy xizmatchilar va talabalar hayotida uchraydigan qiziqarli voqealarni kulguli tarzda namoyish etdilar.