01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

TARIX KAFEDRASI

Kafedra mudiri: t.f.n.   

Akrom Hasanov Mo‘minovich

Telefon: (+99890) 616-42-33

Elektron manzili:  ahasanov75@umail.uz

 

 

"Tarix" kafedrasi 2014 yilda "O‘zbekiston tarixi" va ”Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. 1957 yilda “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996 yildan “Jahon tarixi”, 2004 yilning 29 sentyabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To‘xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots. S.Turdiyev, dots. Yu.Manzarov, dots. T.Rashidova va O.Bo‘riyevlar mudirlik qilishgan.  

О‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bо‘lib, 1993-1997-yillarda professor O.Jо‘raqulov, 1997-2006-yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013-yillarda prof.A.Choriyev mudirlik qildi. Kafedrada turli yillarda dotsentlar I.Usmonov, E.Shodmonov, N.Ismoilov, Q.Xoliqov, E.Abdurahmonovlar xizmat qildilar. Kafedraga keyingi yillarda dotsentlar N.О‘roqova, tarix fanlari nomzodlari A.Hasanov, G.Mо‘minova, M.Tо‘rayeva, F.Rahmonov, N.Rajabova, N.Quvvatova, M.Sohibova, X.Nizomov, katta о‘qituvchilar G.Ravshanova, G‘.Karomov, Sharipov, О‘.Narzullayev, M.Usmonov, о‘qituvchilar J.Berdiyev, F.Samadova, Sh.Normatov, J.Ko‘charov, S.Botirov, R.To‘xtayevalar О‘zbekiston tarixi va boshqa bir qator mutaxassislik va ixtisoslik fanlaridan bilim berdilar. Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  so‘nggi yillarda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 20 gа yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika  va mahalliy nashrlarda  chop etildi.

Kafedrada 5 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 11 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 5 nafar katta o‘qituvchi hamda 12 nafar assistent-o‘qituvchilar va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

 5120300- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

  • О‘zbekiston tarixi
  • Xronologiya va metrologiya
  • Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar
  • Tarixiy antropologiya
  • Arxeologiya
  • Etnologiya
  • Jahon tarixi
  • Fan va texnika tarixi
  • Tarixiy geografiya
  • Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari
  • O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
  • Sharq allomalarining ilmiy merosi
  • Tarix falsafasi va metodologiyasi
  • Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
  • Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
  • О‘zbekiston davlatchiligi tarixi
  • O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi va tasavvuf tariqatlari tarixi
  • О‘rta Osiyoning qadimgi va о‘rta asrlar urbanizatsiyasi tarixi
  • Jahon sivilizatsiyalari tarixi
  • Muzeyshunoslik
  • Arxivshunoslik
  • Etnogenez va o‘zbek xalqining etnik tarixi
  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Qashqadaryo tarixi 

Magistratura

5A120302-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)

  • Qadimgi Osiyo tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining nazariy muammolari
  • O‘rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari
  • Yangi va eng yangi davr tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
  • Jahon etnologiyasining dolzarb muammolari
  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash ishi tarixi
  • XX asrda Yevrosiyoda siyosiy jarayonlar mustabid tuzumning qulashi
  • Globallashuv sharoitida Yevropa va Osiyo mamlakatlarining O‘zbekiston bilan hamkorligi 

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. HasanovAkrom, kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi,  kattao‘qituvchi
  2. Eshov Bahodir Jo‘rayevich, tarix fanlari doktori, professor.
  3. Choriyev Ahmadjon, tarix fanlari doktori, professor.
  4. Mavlonov O‘ktam, tarix fanlari doktori, professor.
  5. Sulaymonov Rustam, tarix fanlari doktori, professor.
  6. Bo‘riyev Ochil, tarix fanlari nomzodi, professor.
  7. O‘roqova Nigora, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
  8. Mo‘minova Gavhar, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
  9. Rahmonov Faxriddin, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  10. Rajabova Nilufar, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  11. To‘rayeva Matluba, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  12. Sohibova Mahliyo, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  13. Nizomov Xayriddin, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  14. Quvvatova Nodira, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  15. Xoliqov Qahramon, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  16. Qodirova Mamlakat, tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  17. Xudoyqulov To‘lqin, tarix fanlari nomzodi, o‘qituvchi.
  18. Usmonov Murtoz, katta o‘qituvchi.
  19. Sharipov Fayzulla, katta o‘qituvchi.
  20. Do‘stov Abduvali, katta o‘qituvchi.
  21. Karomov G‘ulom, katta o‘qituvchi.
  22. Ravshanova Gulora, katta o‘qituvchi.
  23. Egamberdiyev Faxriddin, katta o‘qituvchi.
  24. Berdiyev Jamshid, o‘qituvchi.
  25. Samadova Feruza, o‘qituvchi.
  26. Achilov Anvar, o‘qituvchi.
  27. Ko‘charov Jamshid, o‘qituvchi.
  28. Botirov Sarvar, o‘qituvchi.
  29. To‘xtayeva Ra’no, o‘qituvchi.
  30. Normatov Sherzod, o‘qituvchi.
  31. Suyarov Nurbek, o‘qituvchi.
  32. To‘rayev Shuhrat, o‘qituvchi.
  33. Qo‘ldoshev Husan, o‘qituvchi.
  34. Ernazarov Azim, kabinet mudiri. 

Kafedraningilmiy-tadqiqotfaoliyati.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari JanubiyOzbekistontarixi, arxeologiyasivaetnologiyasiningdolzarbmuammolari mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha prof. A.Choriyev 10 ta,  dotsent O.Bo‘riyev 8 ta,  N.O‘roqova 3 ta, F.Rahmonov 1 ta, G.Mo‘minova 1 ta, N.Rajabova 1 ta, G.Ravshanova 1 ta monografiya va risolalar nashr ettirishgan. Kafedra o‘qituvchisi O‘.Narzullayev 2016 yilning 2 yanvaridan katta ilmiy xodim izlanuvchilikka qabul qilindi.  

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni t.f.n, F.Rahmonov boshqarmoqda. 2012 yildan kafedra qoshida iqtidorli talabalar bilan o‘qit. Rano To‘xtayeva ish olib bormoqda. To‘garak talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 30 dan ortiq maqola va tezislar Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi.

Kafedra Kasbi maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji va Nishon qishloq xo‘jaligi kolleji, Qarshi tibbiyot kolleji hamda QarshiDU qoshidagi 1-AL bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu KHK va ALlarida kafedraning filiallari tashkil etilib, malakali professor-o‘qituvchilar mashg‘ulot o‘tmoqdalar. Kafedra tomonidan muntazam ravishda uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ta'lim resurslari tayyorlanib, AL ва KHKlarga uslubiy yordam berilib kelinmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Loyiha nomi: «Qashqadaryo vohasi me’moriy yodgorliklari va ziyoratgohlari ma’lumotlarining elektron axborot resursini yaratish»

Loyiha turi: Amaliy
Rahbari: Eshov Bahodir Jo‘rayevich
Bajaruvchilar:

 ·        Bo‘riyev Achil 

·         Hasanov Akram Mo‘minovich 

·         Rahmonov Faxriddin Shaymardonovich 

·         Rajabova Nilufar Nasrillayevna 

Muddati: 2017- 2020 yy.