01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

MILLIY G'OYA, MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA'LIMI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Falsafa fanlari nomzodi, dotsent 

Qanoatova Feruza Bobokulovna 

Telefon: (+998 91) 211 88 48 

Elektron manzili: fkanoatova@mail.ru 

Kafedra haqida 

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 2005-yil 17-sentyabrdagi 9/2 sonli qarori hamda Qarshi davlat universiteti rektorining 2006-yil 4-dekabrdagi 253 X – sonli buyrug’iga muvofiq 2006-yilda tashkil etilgan. Kafedra  mudiri lavozimida  falsafa fanlari nomzodi, dotsent Qanoatova Feruza  faoliyat yuritmoqda.  

Kafedrada 23 nafar professor – o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi, shundan: 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi dotsentlar, 3 nafar fan nomzodi – katta o’qituvchilar, 2 nafar katta o’qituvchilar, 12 nafar assistent o'qituvchilardir. Ilmiy salohiyat –42%. 

Kafedra O'zMU, SamDU, Termiz DU, BuxDU, Nizomiy nomidagi TDPU, TDYuU, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi, Toshkent Islom universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy ilmiy hamkorlikda. 

O’quv - uslubiy ishlar 

Kafedraning quyidagi professor-o’qituvchilari tomonidan bir qancha monografiyalar, darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlanib nashrdan chiqarildi: 

Fal.f.d. professor O.Ergashevning “Konstitutsiya: shaxs-jamiyat-davlat” (hammualliflikda) Q-2013 y.; 

A.Erkayevning “Milliy g’oya va ma’naviyat” T-2002-y, “Ma’naviyat va taraqqiyot modeli” T-2005-y, “Tafakkur erkinligi” T-2006-y, “Духовность и развитие” Т-2008-y, “Sobit qadam karvon” T-2009-y, “O’zbekiston yo’li ” T-2017-y.; 

Fal.f.n. dotsent M.Oltiboyevning “Istiqlol yashash demakdir” Qarshi. 2013-y.; 

Fal.f.n. dotsent G’.Soatov “O’zbekiston madaniyati” O’quv qo’llanma. “Tafakkur bo’stoni” nashriyoti. Toshkent-2011-y.; 

Fal.f.n. dotsent G’.Soatov “Madaniyatshunoslik” O’quv qo’llanma. “Fan” nashriyoti. Toshkent- 2008-y.; 

O’qituvchi Omonovning 2014 yilda ”O’zbekistonning Orol bo’yi mintaqasidagi ekologik siyosati” nomli monografiyasi; 

O’qituvchi Nasiba Azizovaning “O’zbek tili va milliy adabiyotimiz ravnaqi” T-2011-y. o’quv-qo’llanmalari nashrdan chiqarildi. O’qituvchi Azizovaning “Культурология” o’quv qo’llanmasi ham 2014-yilda Germaniyada chop etildi. 

Kafedra ilmiy yo’nalishi: 

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “O`zbekistonda huquqiy va demokratik jamiyat qurish jarayonida ma'naviy madaniyatning roli: muammo va yechimlar”. 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar: 

Kafedra 5111600 – “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi va 5A111601 “Ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi(ma’naviyat asoslari)” mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar: 

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o’qitish metodikasi 

Ma’naviyatshunoslik

Dunyo dinlar tarixi

Etnomadaniyat

Globallashuv asoslari

Davlat va huquq tarixi va nazariyasi

Xalqaro huquq. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasi

Ma’muriy huquq 

Ekologiya huquqi 

Mehnat  huquq

Jinoyat huquqi 

Fuqarolik huquqi 

Oila huquqi 

Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi

Ijtimoiy ta’minot huquqi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi 

Geosiyosat asoslari 

Inson huquqlari 

Tadbirkorlik – biznes huquqi 

Magistratura 

Mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasi. 

Ma’naviyatning ilmiy asoslari. 

Sharq va G’arb ma’naviyati. 

Ma’naviyatning diniy asoslari. 

Ma’naviyat ommaviy madaniyat. 

Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. 

Kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi: 

Qanoatova Feruza Bobokulovna – kafedra mudiri, fal.f.n. dots. 

Ergashev Ochil – prof. 

Erkayev Abdurahim -  f.f.n. dots. 

Do’stmuratov Jomurod Xurramovich- f.f.n. dots. 

Soatov G’ayrat - f.f.n. dots. 

Tog’ayev Shavkat - f.f.n. dots. 

Maxmanova Xosiyat Normo’minovna - f.f.n. 

Yoqubov Abdurahmon – katta o’qituvchi 

O’roqova Nargiza Salomovna - katta o’qituvchi 

Mallayeva Feruza Rajabovna - o’qituvchi 

Omonov Bahodir Nurillayevich -  o’qituvchi 

Niyozov Sobir Sodiqovich  - o’qituvchi

Karimov Bahrom Djalolovich - o’qituvchi 

Boysunov Jonibek Xidirovich - o’qituvchi 

Kenjayev Zarmamat To’ymurodivich - o’qituvchi 

Sunatov Dilshod  Hoshimovich - o’qituvchi 

Ashurova Sarvinoz O’ralovna - o’qituvchi 

Do’styorova Sadoqat Norsubhonovna - o’qituvchi 

Raxmatova Nargiza Akbarovna - o’qituvchi 

Boratov Eldor Muhiddinovich - o’qituvchi 

Boymurodov Zohid Shokirovich - o’qituvchi 

Ismoilova Gulhayo Kamol qizi - o’qituvchi 

Kafedra manzili:   Qarshi sh.Ko’chabog’ -17.