Iqtisodiyot va servis kafedrasi

Kafedra mudiri: i.f.n. dots.

Erkayeva Gulbahor Panjiyevna

Telefon: (+99875) 225-62-95

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

    

Kafedra tarixi 

"Iqtisodiyot va servis" kafedrasi 1967 yilda "Siyosiy Iqtisod" nomi bilan tashkil etilgan.1992 yildan boshlab kafedra "Iqtisodiyot nazariyasi" deb yuritila boshlandi va 2014-yilda "Iqtisodiyot va servis" deb qayta nomlandi.

1967-1975 yillarda kafedraning birinchi mudiri i.f.n. J.Shukurov rahbarligida 9 kishidan iborat pedagog xodimlar jamoasi faoliyat yuritgan. Bular - iqtisod fanlari nomzodlari Ikrom Ro'ziyev, Ibragim Xushmanov, Xabibullo Xalilov, Sanaqul Islamov, o'qituvchilar Minzifa Yarulina, Ibod Saidov, Hadiya Azizova, kabinet mudiri Norboy Uzoqovlardir. Bu davr kafedraning shakllanish va rivojlanish davri bolib,  o`nlab o`quv-uslubiy adabiyotlar nashr etildi.

1975 - 1984 yillarda kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent S.Islomov boshqardi. Bu davr kafedra uchun o`sish va kengayish, ilmiy salohiyatni oshirish davri bo`ldi.

1985-1987 yillarda kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Hadiya Azizova boshqardi. Bu davrda kafedrada ko`plab o`quv qo`llanmalar, risolalar tayyorlandi, ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

1987-2012 yillar oralig’ida kafedraga iqtisod fanlari doktori, professor N.Uzoqov rahbarlik qildi. Ushbu davr mobaynida kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi "Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish muammolari" mavzusiga qaratildi.

2012-yil aprel oyidan va hozirga qadar, kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G.Erkayeva rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirda kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi "Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning mintaqaviy muammolari" mavzusigа qaratilgan. 

Kafedra tashkil etilgandan buyon 11 nafar fan nomzodi, 2 nafar fan doktori yetishib chiqdi va universitet ilmiy salohiyatiga katta hissa qo'shdi. Hozirgi paytda kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan bo’lib,  so’nggi yillarda kafedraning professor-o'qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq o'quv qo'llanmalar, monografiyalar, 20 gа yaqin o'quv-uslubiy qo'llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika  va mahalliy nashrlarda  chop etildi. 

Hozirda kafedrada 17 nafar professor-o'qituvchi,  jumladan: 1 nafar fan doktori, professor; 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 3 nafar katta o'qituvchi, 9 nafar magistr o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.

2012-2013 o'quv yilida kafedra qoshida 5231600 -  "Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi" yo'nalishiga talabalar qabul qilindi. Bugungi kunda ushbu yo`nalishda jami 111 nafar talaba tahsil olmoqda.

2014-2015 o’quv yilida kafedra qoshida 5160300 – "Turizm" (yo’nalishlar bo’yicha)  ta’lim yo’nalishi tashkil etilib, hozirda ushbu yo’nalishda 42 nafar talaba tahsil olmoqda.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar o'quv mashg'ulotlari O’zbekiston Respublikasi Oliy  va O'rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tasdiqlagan o'quv rejalari va o'quv dasturlari asosida olib boriladi. Fanlarning ishchi o'quv dasturlari, o'quv-uslubiy majmualari zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.

  

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:  

  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
  • Mikroiqtisodiyot
  • Makroiqtisodiyot
  • Statistika
  • Menejment
  • Marketing
  • Pul, kredit va banklar
  • Buxgalteriya hisobi
  • Iqtisodiy tahlil va audit
  • Aholini ijtimoiy muhofaza qilish
  • Mehnatni tashkil etish va normalash
  • Sug’urta ishi
  • G’aznachilik asoslari
  • Kichik biznes va tadbirkorlik
  • Mehnat sotsiologiyasi
  • Mehnat iqtisodi, inson taraqqiyoti
  • Jahon iqtisodiyoti va XIM
  • Moliya va soliqlar
  • Mehnat ko’rsatkichlari tahlili
  • Inson resurslari iqtisodiyoti
  • Xorijiy investitsiyalar
  • Innovatsiya strategiyasi
  • Ekonometrikaga kirish
  • G’azanachilik
  • Mehnat resurslari safarbarligi
  • Mehnat bozori iqtisodiyoti
  • Personalni boshqarish
  • Turizm
  • Mehmonxona xizmatlari
  • Turizm infratuzilmasi
  • Mintaqaviy turizm
  • Turizm marketingi
  • Moliyaviy boshqaruv hisobi
  • Menejment va iqtisodiyot
  • Menejment asoslari va biznes reja
  • Sanoat iqtisodiyoti va marketingi

Kafedra pedagog xodimlari: 

  • Gulbaxor Erkayeva, kafedra mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
  • Norboy Uzoqov, iqtisod fanlari doktori, professor.
  • Alimardon Abdiyev, iqtisod fanlari nomzodi, katta o`qituvchi.
  • G'aybulla Qo'chqorov, iqtisod fanlari nomzodi, katta o`qituvchi.
  • Anvar Qobilov, o’qituvchi
  • Muborak Raimova, katta o`qituvchi.
  • Jaxongir Qosimov, katta o`qituvchi.
  • Mashhura Ostonova, katta o`qituvchi.
  • Lola Babayeva, o`qituvchi.
  • Xo’jayorov O’ktam, o’qituvchi.
  • Sherali Xolliyev, o`qituvchi.
  • Lutfulla Qodirov, o`qituvchi.
  • G'ulom Nabiyev, o`qituvchi.
  • Jasur Ismatullayev,  o`qituvchi.
  • Olimjon Jo’rayev, o`qituvchi.
  • Suhrob Mahmudov, o`qituvchi.
  • Javlon Halimov, o`qituvchi.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati. 

Kafedraning pedagog xodimlari, mustaqil tadqiqotchilari "Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning mintaqaviy muammolari" mavzusi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada katta o'qituvchilar M. Raimova, M.Ostonova, J.Qosimov hamda o'qituvchilar Sh.Xolliyev, G'.Nabiyev, L.Qodirovlar mustaqil tadqiqotchi bo'lib, doktorlik dissertatsiyalari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.  

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo`nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko`rsatmoqda. Seminarni ifn, k.o`qit. G’.Qo’chqorov  boshqarmoqda. 2012 yildan kafedra qoshida iqtidorli talabalar uchun "Innovator" ilmiy to'garagi tashkil qilingan. To`garak talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga qaratilgan bo`lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 15 ta maqola va tezislar Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to`plamlarida chop etildi. 

Akademik litsey va kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik 

Kafedra Qarshi shahridagi Iqtisodiyot, Kompyuter va Qarshi tumanidagi Qovchin qishloq xo'jaligi kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik qiladi.Bu KHKlarida kafedraning filiallari tashkil etilib, malakali o’qituvchilar mashg’ulot o’tmoqdalar. Kafedra tomonidan muntazam ravishda iqtisodiyotga doir uslubiy qo'llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ta'lim resurslari tayyorlanib, AL ва KHKlarga uslubiy yordam berilib kelinmoqda.

 

Kafedra manzili: Qarshi sh., Ko’chabog’ -17, Tarix  va ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 2-qavat, Iqtisodiyot va servis kafedrasi.

JoomShaper