Falsafa va sotsiologiya kafedrasi

Kafedra mudiri: fals.f.d., prof.

Choriyev Sanjar Anvarovich

Telefon: (+998 91) 461-30-03

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Kafedra tarixi

Falsafa kafedrasi 1964 yil dekabr oyida tashkil etilgan bо‘lib, kо‘rsatilgan nomda faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Unga turli yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.J.Jovliyev (1964-1969), falsafa fanlari nomzodi, dotsent (hozir falsafa fanlari doktori, professor) O.E.Ergashev (1969-1977), falsafa fanlari doktori, professor A.CH. Choriyev (1977-2005) rahbarlik qilganlar. Hozir kafedrani falsafa fanlari doktori, professor S.A. Choriyev boshqarmoqda. 

2014 yilda falsafa kafedrasiga sotsiologiya kafedrasi biriktirildi. “Sotsiologiya”kafedrasi 2005-2014 yilllarda faoliyat ko’rsatib, barcha fakultetlarda “Sotsiologiya”, “Siyosatshunoslik”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan dars berishga ixtisoslashgan.

Kafedrada 23 professor-о‘qituvchi, kabinet mudiri va laborant ishlaydi. Shtatdagi о‘qituvchilarning 13 tasi ilmiy unvon va darajalarga ega. Ular falsafa fanining turli ixtisosliklaridan («dialektika va bilish nazariyasi», «ijtimoiy falsafa», “din tarixi va hurfikrlilik”,’siyosatshunoslik’) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. О‘qituvchilar tarkibida uch kishining (dotsentlar P.Saydullayev, M.To’raqulov, R. Boyqobilova) yoshi 65-68 da, ikki kishining (dots. T.Tilovov M.Eshmatov,) yoshi 50-55 da, besh kishining (k.о‘q. M.Xushnayev, dots. A. Dо‘lanov, prof. S. Choriyev, dots. B.Saidov, s.f.n. Sh. Ermatov) yoshi 45-50 orasida, uch kishining (k.о‘q. A.Tо‘rayeva, о‘qit. R. Boymatov, s.f.n. B.Jo’rayev, dots. G. Bekmurodova)  yoshi 40-45 orasida, uch kishining (f.f.n. A.Shaymanova, o’qit. D.Axmedova, f.f.n. S.Boymurodov,)  yoshi 35-40 orasida, olti kishining (o’qituvchi. Sh.Qambarov, F.Qodirov, E.Ibragimov, L.Sohibova, S.Avazov, M.Mamatova) yoshi 25-35 orasida. Kafedra a’zolarining о‘rtacha yoshi 44 ni tashkil etadi.

Kafedra a’zolari barcha fakultetlarning 2-kurs talabalariga “Falsafa (mantiq, etika, estetika)” о‘quv fanidan, 3-kurs talabalariga Sotsiologiya fanidan, bitiruvchi kurs talabalariga «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», “Siyosatshunoslik”, “O’zbekistonda Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” о‘quv fanlaridan, «Milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq» ixtisosligi bо‘yicha tahsil olayotgan talabalarga “Falsafaning umumnazariy masalalari”,  “G’oyalar falsafasi”, “Qadriyatlar falsafasi”, “Ijtimoiy falsafa”,  о‘quv fanlaridan, 1-kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va “Milliy istiqlol g‘oyasi” fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan о‘quv rejalari va namunaviy о‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Namunaviy о‘quv dasturlari asosida ishchi о‘quv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, elektron materiallar ishlab chiqilgan.

Kafedrada о‘quv-uslubiy ishlarni muntazam takomillashtirib borish maqsadida qat’iy reja ishlab chiqilgan bо‘lib, uning bajarilishi kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi. Birgina 2013-2014 о‘quv yilida о‘quv-uslubiy faoliyatga doir 20 dan ortiq masala, professor-о‘qituvchilar о‘tkazgan 8 ochiq dars muhokama etildi. Kafedra huzurida muntazam ishlab turgan «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuidagi nazariy-metodologik seminarda 2013-2014 о‘quv yili davomida 8 ta uslubiy ma’ruza,8 nazariy ma’ruza, 11 ma’ruza matni muhokama qilindi.

Kafedra a’zolari uzoq yillardan buyon yagona ilmiy muammo -«Gumanistik tipdagi inson shaxsining kamol topishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. О‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari, xususan, keyingi 5-6 yilda 7 nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozir kafedrada 3 doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam oshirib borish uchun Moskva Davlat universiteti, Sankt-Peterburg Davlat universiteti, Shimoliy London universiteti, О‘zbekiston Milliy universitet va boshqalar bilan aloqalar о‘rnatgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedrada tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Uning samaradorligini oshirish,  Sharq falsafiy merosini targ‘ib va tashviq qilish uchun «Falsafa» о‘quv-uslubiy xonasida «Tafakkur gulshani», «Sharq falsafiy merosi xazinasidan», «Mustaqillik odimlari» nomli kо‘rgazmalar, Prezident I.Karimov asarlari kо‘rgazmasi tashkil qilingan.

Kafedra a’zolarining diqqat markazida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini fuqarolar ongiga singdi-rish muhim vazifa sifatida turibdi. Shuning uchun fuqarolar orasida milliy mafkuraning turli muammolari yuzasidan chiqishlar qilish sistemali xarakter kasb etgan. Chunonchi, kafedra notiqlar guruhi Qarshi shahri, viloyat shahar va tumanlaridagi qator korxona va tashkilotlarda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etdilar, 100 ga yaqin ma’ruzalar qildilar.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Falsafa

  • Milliy g’oyaFalsafaning umumnazariy masalalari

  • Siyosatshunoslik

  • O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

  • Sotsiologiya

  • G’oyalar falsafasi

  • Qadriyatlar falsafasi

  • Ijtimoiy falsafa

 Magistratura 

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

  • Milliy g’oya 

Kafedra professor-o'qituvchilari: 

  • Choriyev S.A.

  • Saydullayev P.N.

  • To’raqulov M.T

  • Boyqobilova R.B.

  • Tilabov T.Ch

  • Eshmatov M.E.

  • Dо‘lanov A.E.

  • Saidov B.J.

  • Ermatov Sh.A.

  • Jo’rayev B.X.

  • Bekmurodova G.H.

  • Boymurodov S.B.

  • Shaymanova A.E.

  • Tо‘rayeva A.P.

  • Xushnayev M.B.

  • Boymatov R.B.

  • Axmedova D.S.

  • Qambarov Sh.K.

  • Qodirov F.Y.

  • Ibragimov E.E.

  • Avazov S.E.

  • Sohibova L.S.

  • Mamatova M. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 

Ilmiy muammo mavzui: «Gumanistik tipdagi inson shaxsining kamol topishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» 

Rahbari: Choriyev Sanjar Anvarovich 

Bajaruvchilar: 

  • Saydullayev P.N.

  • To’raqulov M.T

  • Boyqobilova R.B.

  • Tilabov T.Ch

  • Eshmatov M.E.

  • Dо‘lanov A.E.

  • Saidov B.J.

  • Ermatov Sh.A.

  • Jo’rayev B.X.

  • Bekmurodova G.H.

  • Boymurodov S.B.

  • Shaymanova A.E.

  • Tо‘rayeva A.P.

  • Xushnayev M.B.

  • Boymatov R.B.

  • Axmedova D.S.

  • Qambarov Sh.K.

  • Qodirov F.Y.

  • Ibragimov E.E.

  • Avazov S.E.

  • Sohibova L.S.

  • Mamatova M. 

Muddati: doimiy.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

  • Bekmurodova G.H. - ”G’oyalar falsafasi” fanidan ta’lim texnologiyasi.

  • Boymatov R.B. - ”Qadriyatlar falsafasi” fanidan ta’lim texnologiyasi.

  • Sayidov B. Sotsiologiya fanidan ta’lim texnologiyasi

  • Ermatov SH. A. “ Oila va fuqarolik jamiyati“ uslubiy qo'llanma

  • Shaymanova A Sotsiologiyafanidan ta’lim texnologiyasi

  • Tilabov T. “Siyosatshunoslik” fanidan ta’lim texnologiyasi

Kafedra manzili: Bosh korpus, B-blok, 1-qavat, 116-118-auditoriyalar.

JoomShaper