01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

GEOGRAFIYA KAFEDRASI

Kafedra mudiri: g.f.n., katta o`qituvchi

Pahlavon Rustamovich Qurbonov

Telefon: (+998 91) 222-65-01

Elektron manzil: Pahlavon82@umail.uz

 

 

Kafedra tarixi

Mustaqil Geografiya kafedrasi 1969-yilda  tashkil etilgan bo‘lsada, aslida Botanika kafedrasi tarkibida A.Ro‘ziyev (1963), M.Yangiboyev (1962), R.Ahmedov(1963), I.Toirov (1964), A.Mamatov (1966), A.Najimov (1966) lar geografiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlashda katta xizmat qilganlar. Geografiya kafedrasiga o‘tgan davr mobaynida quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan: Mamatov Abdulla – 1960-75, 1977-78-yillar; Ro‘ziyev Abdimo‘min – 1975-77-yillar; Yangiboyev Mahmud – 1978-1989-yillar; Abdullayev Suyun – 1990-94, 1999-2004-yillar; Kalonov Bahriddin – 1994-98-yillar; Erdonov Latif – 1998-2012-yillar; Jankоbilov Ilhomiddin – 2012-2015 yillar; Qurbonov Pahlavon -2015 yildan.

Hozirda kafedrada 13,25 shtat birligi mavjud bo‘lib, professor-о‘qituvchilardan 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 3 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar f.d., katta o‘qituvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar assisent o‘qituvchilar hisoblanadi. Kafedraning ilmiy salohiyati– 38.4%.

Kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi:

  • Qurbonov Paxlavon Rustamovich
  • Abdullayev Suyun Ismatovich
  • Erdonov Latif Nuraliyevich
  • Usmonova Roxatjon Usmonovna
  • Fayzullayev Maqsud Abdullayevich
  • Murtazayev Baxrom Choriyevich
  • Jumayev Xayrulla Hayitovich
  • Muqumova Husnora Ergashevna
  • Murodova Dilafro‘z Sunnatovna
  • Nazarov Maqsud Geldiyorovich
  • Berdiqulova Muhayyo Toshtemirovna
  • Eshboyev Bekzod Tojiyevich
  • Novotova Dilnoza Ibragimovna

Geografiya kafedrasi “5110500-Geografiya о‘qitish metodikasi” yо‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda bugungi kunda 241 nafar talaba tahsil olmoqda. Kafedrada о‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida 2 ta zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida mashg‘ulotlarni о‘tish xonasi tashkil qilingan. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan mutaxasssislik fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazkur xonada olib boriladi

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  • Geografiya о‘qitish nazariyasi va metodikasi
  • Umumiy Yer bilimi
  • Geologiya
  • Topografiya va kartografiya asoslari
  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
  • O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi
  • O‘zbekiston tabiiy geografiyasi
  • Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
  • Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
  • O‘zbekiston  iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
  • Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
  • Geoekologiya asoslari
  • Toponimika
  • O‘lkashunoslik
  • Geografiya o‘qitishda innovasion texnologiyalar
  • Geografiyaning asosiy muammolari

Kafedra о‘quv yuklamasida о‘quv dala, ishlab chiqarish va malakaviy pedagogik amaliyotlar ham bо‘lib talabalar belgilangan о‘quv rejasiga muvofiq 1-kurs talabalari Qarshi-Yakkabog‘-Qarshi, 2-kurs talabalari Qarshi-Samarqand-Navoiy-Buxoro-Qarshi, ikkinchi yо‘nalish Qarshi-Termiz-Denov-Qarshi marshrutlari bо‘yicha amalga oshiriladi. 4-kurs tabalari pedagogik amaliyotni Qarshi shahridagi umumiy o‘rta talim maktablarida va diplom oldi amaliyotni kafedra bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan turli korxona va tashkilotlarda o‘taydi.

О‘zbekiston janubida о‘ziga xos ilmiy geografiya maktabi sifatida kafedraning faoliyati quyidagi ikki yо‘nalishda amalga oshirilmoqda.

1. Janubiy О‘zbekiston tabiatidan foydalanishning geografik-ekologik jihatlari

2. О‘rta maktab, litsey, kasb - hunar kolleji va oliy о‘quv yurtlarida geografiya ta’limini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy masalalari

Mazkur yо‘nalishlar bо‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan hozirgа qadar Qashqadaryo geografiyasi (1994),“Geografiya darslarida  texnika vositalaridan foydalanish” (1979), “Qashqadaryo havzasida ekskursiyalar o‘tkazishga doir metodik ko‘rgazmalar” (1986), “Navoiy tasavvurida yurt tabiati va jahon geografiyasi” (2000),“Ommabop geografiya” (2006), “Umumiy yer bilimidan geografik nomlarni o‘rganish” (2008), “Jahon tabiiy geografiyasi  bo‘yicha geografik  nomlarni o‘rganish” (2009), “Sinf rahbari” (2008), “Hisor qo‘riqxonasi-O‘rta Osiyo tog‘ tabiatining andozasi” (2010), “Bitiruv malakaviy ishi” (2014), “Rekreatsion geografiya” (2015), “Geografiyadan malakaviy o‘quv dala amaliyoti” (2016), “Umumiy yer bilimi” (2017) kabi ilmiy , ilmiy metodik, ilmiy ommabop  ishlar nashr etildi.

Geografiya  kafedrasi katta o‘qituvchisi I.X.Jonqobilov rahbarligida “Qashqadaryo viloyatining ekologik, atrof-muhit muhofazasi, ichimlik suvlari sifati kartalarini tuzish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi umumiy qiymati 100 million so‘mlik grant asosida innovatsion loyiha 2014-2015 yillada muvaffaqiyatli bajarildi.

Kafedra qoshida “Yosh Geograf” ilmiy tо‘garagi faoliyat kо‘rsatib kelmoqda, unga 30 dan ortiq iqtidorli talabalar jalb etilgan hamda ularga ilmiy-tadqiqot ishi mavzulari berilgan.

Kafedra tomonidan hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqanda davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va boshqa respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan muntazam hamkorlik алоқалари йўлга қўйилган. Ushbu hamkorlik doirasida kafedrada professorlar A.Abdulqosimov, E.Yu.Safarov, dotsentlar A.Rahmatullayev, B.Kalonovlar ma’ruzalari doimiy ravishda tashkil etiladi. Ular “5110500-Geografiya о‘qitish metodikasi” yo‘nalishi talabalariga ma’ruzalar o‘qib, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladilar.

2017 yilda Moskva davlat universiteti Geografiya fakulteti bilan ikki tomonlama xalqaro xamkorlik yuzasidan shartnoma tuzish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga keyingi o‘quv yilida kafedra a’zolaridan X.Jumayev va B.Murtazayevlarning mazkur universitetda malaka oshirishi ham rejalashtirilgan.

2017 yil 19 dekabr kuni kafedra katta o‘qituvchisi M.A.Fayzullayev “Janubiy O‘zbekiston cho‘l hududlarida qishloq xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy-geografik omillari” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffiqiyatli himoya qildi.

Shuningdek mazkur yilda kafedra kabinet mudiri H.M.Boyqobilov O‘zMU geografiya fakulteti 11.00.01-Tabiiy geografiya yo‘nalishi bo‘yicha doktaranturaga o‘qishga qabul qilindi

Kafedra yosh o‘qituvchilaridan magistrantlar M.Nazarov, B.Eshboyev, S.Boymurodovlarning ilmiy tadqiqot faoliyatlari yuzasidan O‘zMU o‘qituvchilari bilan faol hamkorlikda ish olib bormoqda.

Kafedra jamoasi 2018 yilda o‘tkaziladigan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” XI respublika hududiy yarmarkasida  “Qashqadaryo viloyatida turizmni tashkil etishning geografik jihatlari” mavzusida  innovatsion loyiha bilan ishtrok etishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

 

Kafedra manzili :  Qarshi shahri ko‘chabog‘ 17 uy, Qarshi DU Tabiiy fanlar fakulteti 2-qavat.