EKOLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI

        Kafedra mudiri: q.x.f.n katta o‘qituvchi

        Xayriddinov Akmal Botirovich

        Telefon: (+99890) 607-44-33

        Elektron manzili: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

Kafedra tarixi

Kafedra 2009 yilda “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” va “Ekologiya” kafedralari birlashtirilib tashkil etilgan. Kafedrada 8 nafar professor-o’qituvchi, shundan 2 nafari fan nomzodi, dotsent, 2 nafari fan nomzodi, katta o'qituvchi va 4 nafar assistent-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Ilmiy salohiyat – 50%. Kafedrada  5141000- “Tuproqshunoslik” va 5630100-«Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish» yo’nalishlarii  bo’yicha kadrlar tayyorlanadi va fakultetlarda ekologiya fani o’qitiladi.

Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud.

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “Janubiy O'zbekiston tuproqlari va ekologik holatini o’rganish, shu bilan bir qatorda tuproq   unumdorligini oshirishning  dolzarb masalalari” deb belgilangan.

Mazkur yo’nalish bo'yicha b.f.n T.Rahimov 2 ta QarshiDU faxriy professori, dotsent T.Tilovov 3 ta A.Xayriddinov va J.Xushmurodovlar 1 ta uslubiy qo’llanma va risolalar nashr ettirishgan.

Kafedra mudiri A.Xayriddinov, T.Raximov, N.BozorovavaM.Diyorova, G‘.Qudratov, J.Xushmurodovlar doktorlik dissertatsiyasi bo'yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.

Kafedra о‘qituvchilari tomonidan xalqaro ekologik kunlarga va yer kuniga bag‘ishlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, о‘rta ta’lim maktablari faol yoshlari bilan muntazam «Tabiatni asrash kelajakni asrash», «Ona yerni asraylik» «Tuproq unumdorligini oshirish» kabi tadbirlar о‘tkazib kelmoqdalar.

О‘zbekiston ekologik harakati Qashqadaryo viloyat bо‘linmasi, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, Qarshi davlat universiteti tashabbusi bilan “О‘zbekiston tabiati”. “Qashqadaryo viloyati” nomli kitobi nashr etildi. 

Kafedra aloqalari

Kafedra tomonidan Moskva K.A. Timiryazev nomidagi Qishloq xo‘jalik akademiyasi, Pushshina shahridagi Tuproq ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti, V.V. Dokuchayev nomidagi tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, O‘zPITI, O‘zTITI, O‘zMU, Toshkent davlat muxandislik iqtisodiyot instituti, ToshAU, QMII, Qashqadaryo viloyati Agrokimyo stansiyasi, Qashqadaryo viloyati Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan ilmiy tadqiqot ishlarni o‘zaro hamkorlikda olib borilmoqda.  Kafedra O'zRFA Tuproqshunoslik, Botanika ilmiy markaz, O'zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oily ta’lim muassasalari bilan doimo ilmiy hamkorlik qilib keladi.

Kafedra qoshida “Yosh tuproqshunos” ва «Yosh ekolog» to'garaklari faoliyat ko'rsatib, unda 30 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan.

 

Tabiiy fanlar fakulteti Tuproqshunoslik va ekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Ekologiya va atrof muhit muhofazasi» hamda «Tuproqshunoslik» ta’limi yo‘nalishi 1-kurs talabalariga odob-ahloq qoidalari qo‘llanmasi taqdim etildi.

 

5141000-Tuproqshunoslik ta’limi yo‘nalishi talabalariga Kafedra mudiri A.Xayriddinov va guruh rahbari Z.Uzoqov odob-ahloq qoidalari qo‘llanmasini topshirmoqda.

 

5630100-Ekologiya va AMM ta’lim yo‘nalishi talabalariga Guruh rahbari Z.Uzoqov va kafedra o‘qituvchisi J.Xushmurodov odob-ahloq qoidalari qo‘llnmasining mohiyatini tushuntirmoqda.

 

 Guruh rahbari F.Boboyev I-kurs talabalarini odob ahloq qoidalari

bilan tanishtirmoqda.

 

 

 

 

 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat 

  • Tuproqshunoslikka kirish
  • Tuproqshunoslik
  • Umumiy dehqonchilik va o‘simlikshunoslik
  • Tuproq biologiyasi
  • Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik
  • Tuproqshunoslik asoslari
  • Ekologiya kontsepsiyasi va tarixi
  • Sanoat va shahar ekologiyasi
  • Atrof muhitni muhofaza qilishning regional va lokal muammolari
  • Ekologiya
  • Ekologiya va Tabiatni muhofaza qilish 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  • Xayriddinov Akmal Botirovich - q.x.f.n
  • Tilovov Turop - dotsent
  • Raximov To‘lqin O‘ktamovich – b.f.n
  • Bozorova Nigora Shamsiyevna – p.f.n
  • Diyorova Muxabbat Xurramovna –katta о‘qit
  • Qudratov G’ulom Donayevich - о‘qituvchi
  • Raupov Bekmurod Nabiyevich - о‘qituvchi
  • Xushmurodov Jobir Panjiyevich- о‘qituvchi

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

 

Xayriddinov.A.B. -06.01.09-O‘simlikshunoslik ixtisosligi bo‘yicha «Nishon tumani och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida «Ishonch» g‘o‘za navini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish». 

Diyorova M.X. 03.00.14-tuproqshunoslik va 03.00.10-ekologiya ixtisosligi bo‘yicha   «Muborak gazni qayta zavodi chiqindilarining hudud tuproqlari va ba’zi mevali daraxtlarga ta’siri» 

Kafedra о‘qituvchilari tomonidan hozirgi kunga kelib о‘ndan ortiq darslik о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar yozib nashrdan chiqarilgan.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

  • Tilovov.T. «Ekologiya» o‘quv qo‘llanma
  • Xayriddinov A, Xushmurodov.J. «Tuproqshunoslik» o‘quv qo‘llanma
  • Bozorova.N, Qudratov.G’. «Ekologiya» o‘quv uslubiy qo‘llanma
  • Diyorova.M «Qashqadaryo vohasi tuproqlarining unumdorligi va ekologiyasi» nomli monografiya.

 

Kafedra manzili: QarshiDU Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti 2-qavat

JoomShaper