BIOLOGIYA KAFEDRASI

 Kafedra mudiri: biologiya fanlari nomzodi, dotsent       

Xo‘jamqulov  Bahrom Eshboyevich

Telefon: (+998 91) 597-60-54

Elektron manzili:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedra tarixi

 

Biologiya kafedrasi 2014 yil iyun oyida Botanika va Zoologiya kafedralari negizida tashkil etilgan.

Bu vaqtgacha faoliyat olib borgan Botanika kafedrasiga 1970-yildan boshlab dots. O‘.R. Rahimov, 1976-1982-yillar mobaynida dots. O.R.Esirgaliyev, 1982-1995-yillarda prof. S.M.Mustafayev, 1995-1997-yillarda dots. A.Xolmurodov, 1997-2000-yillar mobaynida prof. L.H.Yoziyev, 2000-   2004-yillarda dots. B.E.Xo‘jamqulov, 2004-2012-yillarda prof. S.M. Mustafayev, 2012-2013 yillarda B.Boysunov, 2014 yilda Sh. Samatovalar kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlar. Kafedrada o‘tgan davr mobaynida Janubiy O‘zbekiston tabiiy florasi va o‘simliklar qoplamini majmuali o‘rganish, Noyob o‘simlik turlarini introduksiya qilish borasida salmoqli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi va shu yo‘nalishda respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etildi.

Zoologiya kafedrasi ham 1960-yilda tashkil topgan bo‘lib. kafedraning asosiy yo‘nalishi Janubiy O‘zbekistonning faunasini har tomonlama o‘rganishga qaratilgan. Kafedraga turli yillarda Sh. Otaxonov, A. O‘roqov, X. Ro‘ziyev, O. Davronov, Sh. Raximov, B. Davronov, J. Berdiyevlar mudirlik lovozimlarida faoliyat olib borganlar.

Ayni paytda biologiya kafedrasida ikki nafar fan doktori, professorlar, 4 nafar fan nomzodi dotsentlar. 5 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchilar, 8 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Barcha o‘qituvchilar magistirlik darajasiga ega bo‘lib o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Biologiya kafedrasining ilmiy tadqiqot yo‘nalishi “Janubiy O‘zbekistonning florasi va faunasini majmuali o‘rganish”ga qaratilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari turli sohalarda  ilmiy tadqiqot ishlari olib boradilar. Professor L.Yoziyev “Janubiy O‘zbekiston daraxt va butalar introduksiyasi bilan shug‘ullanuvchi respublikada yetakchi olim sanaladi. Uning shu sohadagi 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari nashr etilgan. Xususan, “Itogi introduksii drevesnix rasteniy v Yujniy Uzbekistan”, “Introduksiya bolotnogo kiparisa i metasekvoyi v Uzbekistan”, “Janubiy O‘zbekistonda Meliya daraxtini iqlimlashtirish natijalari”, “Introduksiya nekotorix drevesnix predstaviteley sem. Fabaceae Lindl. v usloviyax Karshinskogo oazisa” monografiyalari chop etilgan. Bugungi kunda professor L. Yoziyev rahbarligida ITD-9-18 “Yuksak manzarali ekzotik daraxt, butalar va noyob gullarni Qarshi sharoitiga introduksiya qilish, ularni ko‘paytirish metodlari va parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha ilmiy amaliy loyiha faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu loyiha doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari va magistrantlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedra professori S. Mustafayev Qashqadaryo hududidagi Burchoqdoshlar oilasi vakillarini har tomonlama o‘rgangan va bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirgan botanik olim hisoblanadi. Uning ushbu yo‘nalishdagi 200 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. Shu jumladan, “Odnoletniye boboviye yuga Uzbekistana”, “Dikorastushiye boboviye rasteniya – istochnik kormovix resursov”, “Xozyaystvennoye ispolzovaniye bobovix prirodnoy flori” nomli monografiyalari, “Botanika”, “Umumiy ekologiya”, “Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi” nomli darsliklari, “O‘simliklar sistematikasi”, “Botanika” “Sitologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.

Kafedra dotsenti B. Xo‘jamqulov "Qashqadaryo havzasi archazorlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yil dotsentlik unvonini olgan. Hozirgi kunda 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlari nashr etilgan. Xususan, “Geobotanika” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Hisor Davlat qo‘riqxonasi O‘rta Osiyo tog‘ tabiati andozasi”, “Tok kasalliklari va ularga qarshi kurash” risolalari chop etilgan. Hozirgi kunda “Hisor tog‘ining florasi va o‘simliklar qoplamining kelib chiqishi va shakllanishi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Kafedra dotsenti B. Boysunovning “Janubiy O‘zbekistonda Meliya daraxtini iqlimlashtirish natijalari” nomli monografiyasi, “Biologiyada matematik usullar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.

Kafedra katta o‘qituvchisi, biologiya fanlari nomzodi Sh. Samatova “Gulli-manzarali o‘simliklar introduksiyasi” sohasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda uning 30 dan ortiq ilmiy ishlari respublika va xorijiy ilmiy uslubiy nashlarda chop etilgan. Uning “Kanni v usloviyax Karshinskogo oazisa” nomli monografiyasi nashr etilgan. Shuningdek, uning “Mikrobiologiyadan amaliy mashg‘ulotlar”, “Botanika” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi hamda “Ko‘kalamzorlashtirishda manzarali gullardan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanomasi chop ettirilgan

Kafedra katta o‘qituvchisi M. Sharopova “Qarshi sharoitida lagerstremiya va sezalpiniyani bioekologik xususiyatlari hamda xo‘jalikdagi ahamiyati” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari, shuningdek bitta ilmiy-uslubiy qo‘llanma, bitta ilmiy-ommabop risolasi matbuotda chop etilgan

 

Kafedra olimlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi qatnashchilari

 

Kafedra o‘qituvchisi M. Bo‘ronova “Lipskya insignis (Koso-Pol.) Nevskining O‘zbekiston janubi sharoitlaridagi bioekologik xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishi mavzusi bo‘yicha 25 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Kafedra o‘qituvchisi J. SHerqulova “Qashqadaryo viloyati mevali va manzarali daraxt va buta o‘simliklarining mikromitsetlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Uning ushbu yo‘nalishda 10 ta ilmiy maqolasi va 1 ta uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.

Kafedra o‘qituvchisi R. Choriyev ushbu kunda “Nishon cho‘li o‘simliklar qoplamining degradatsiyaga uchrashi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari, jumladan, “Genetkadan masalalar yechish” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan.

Kafedra o‘qituvchisi M.Nasriddinova “Qarshi vohasiga Labiatae Juss. oilasiga mansub dorivor o‘simliklarning introduksiyasi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Uning 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

 Kafedrada Janubiy O‘zbekistonning hayvonot dunyosi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlaridan dotsent A.O‘roqov 3 ta, dotsent G‘. Bobonazarov 3 ta, dots. J. Berdiyev 2 ta risolalar nashr ettirishgan. Berdiyev J, Bobonazarov G‘., b.f.n. B.Davronov, Ro‘ziyev B., A.Raxmatullayev, katta. o‘qituvchi O‘.Toshev, o‘qtituvchi Sh. Bektoshevlar doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Bu soha olimlarining yo‘nalishi chorva mollarida uchraydigan parazitlarni  o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ular tomonidan bir qancha patentlar olingan.

 Kafedra qoshida umum biologik fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-seminar faoliyat ko‘rsatadi. Unda  bir qancha doktorlik va  nomzodlik dissertatsiyalari muhokama etilib himoyaga tavsiya etilgan.

Kafedra mamlakatimizning yetakchi olimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib,  biologiya fanlari doktori, akademik J. Azimov, Fan arbobi O‘.Protov, professorlar V.P. Pechinitsin, Z. Izzatullayev, A.SH. Hamroyev, Sh. Xurramovlarning  ma’ruzalari doimiy ravishda tashkil etiladi. Ular biologiya yo‘nalishi talabalariga va magistrlariga fanning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘qiydilar, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladilar. Kafedra O‘zR FA O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zMU, SamDU, TDTU, GulDU, TerDU, BuxDU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq yillardan buyon ilmiy hamkorlik qilib keladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining olib borgan o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari 5 ta darslik, 8 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 12 ta risola va 500 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalarda o‘z aksini topgan.

 Kafedra professor-o‘qituvchilari viloyatimizdagi mavjud kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzgan. Shartnomada QarDU qoshidagi 2-akademik litsey bilan ta’limda uzluksizlik va o‘quv fanlari orasidagi uzviylikni hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va fan dasturlarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlari muassasalari bilan hamkorlikda takomillashtirib borish kabi vazifalar belgilangan. Shuni e’tiborga olgan holda 2-akademik litsey talabasi Shukurova Mohidil bilan «Olma mevaxo‘riga qarshi samarali usul» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Natijada bir qator ilmiy jurnallarda, ilmiy ommabop nashrlarda ilmiy rahbar dots. J. Berdiyev rahbarligida maqolalar e’lon qilindi. Bu talaba 2013-yil 23-25-aprel kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Ishbilarmon talaba 2012” Respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etib, 1-darajali diplom va O‘zLDR tomonidan ta’sis etilgan stipendiya bilan taqdirlandi. Shuningdek, kafedra Dehqonobod tibbiyot kolleji hamda Yakkabog‘ qishloq xo‘jaligi kolleji bilan ham o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Kafedrada 5141100 – «Biologiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (botanika, zoologiya) magistratura  mutaxassisligi mavjud. Kafedrada ta’lim olayotgan barcha magistrlar kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga mos ravishda magistrlik ishlarini bajarmoqdalar.

Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida o‘qitishning ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar zamon talablari darajasida olib boriladi. Universitetda an’anaviy ravishda har yili ikki marta turli mavzularida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etib, o‘tkazib boriladi.

 

 

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Zoologiya
  • Gistologiya
  • Individual rivojlanish biologiyasi
  • Evolyutsion ta’limot
  • Biologiya o‘qitish uslubiyoti
  • Entomologiya
  • Biozararlanish
  • Botanika 
  • Mikologiya va algologiya
  • O‘simliklar anatomiya-morfologiyasi 
  • O‘simliklar fiziologiyasi
  • Mikrobiologiya va virusologiya
  • Genetika va seleksiya asoslari
  • Sitologiya
  • Umumiy biologiya
  • Geobotanika
  • Hozirgi tabiiy bilimlar konsepsiyasi 
  • Tabiatshunoslik asoslari

Magistratura

  • Fototsintez va nafas olish fiziologiyasi
  •  Yuksak o‘simliklar sistematikasi
  •       Fitotsenologiya.
  •  Foydali o‘simliklar
  • Bio xilmaxillik va uni muhofazasi
  • Umumiy parazitologiya
  • Hasharotlar ekologiyasi
  • Populatsiyalar ekologiyasi
  • O‘simliklarni reproduktiv biologiyasi

Kafedra professor o‘qituvchilari tarkibi:        

Yoziyev Lutfullo Habibullayevich            b.f.d., prof

Mustafayev Samadullo Murtozayevich  b.f.d., prof

Xo‘jamqulov Bahrom Eshboyevich       b.f.n., dots.

Bobonazarov G‘appor Yodgarovich      b.f.n., dots.

O‘roqov Salom                                         b.f.n., dots.

Berdiyev Jo‘ra                                          b.f.n., dots.

Boysunov Bobur Xidirovich                     b.f.n., dots.v.b.

Samatova Shohista Azamatovna           b.f.n

Davronov Barno                                        b.f.n

Ro‘ziyev Baxtiyor                                       b.f.n

Raxmatullayev Alimardon                         b.f.n

Toshev O‘tkir                                              kat.o‘q  

Sharopova Mohidil Omonovna              kat.o‘q  

Bo‘ronova Muhayyo Orolovna                o‘q

SHerqulova Jamila Poyonovna             o‘q

Choriyev Rashid                                      o‘q

Nasriddinova Mehriniso                         o‘q

Bektoshev Shaymardon                           o‘q.

Hamidov Bobur                                          o‘q.

Zubaydova Zamira                                    o‘q.

Kafedra manzili: Bosh bino  3-qavat  A 312-xona

 

 

 

 

 

JoomShaper