Biotexnologiya kafedrasi

 Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent Karimov Olim Rasulovich

Telefon: (99 890) 722-41-00

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

  Kafedra haqida 

Biotexnologiya kafedrasi 2015 yil may oyida Fiziologiya va Tibbiy bilim asoslari kafedralarining birlashishi natijasida tashkil topgan Anatomiya va fiziologiya kafedrasi asosida tashkil topgan. Kafedrada jami 23 nafar professor-o`qituvchilar 19,5 shtat birligida faoliyat ko`rsatishadi. Shulardan 2 nafari fan doktori, professor, 3 nafari fan nomzodi, dotsent, 4 nafari fan nomzodi, katta o`qituvchi, 2 nafari katta o`qituvchi, 12 nafari o`qituvchi-assistentlar. Ilmiy salohiyat 39 foizni tashkil etadi. 

Kafedraning hamkorlik aloqalari  

O`zR FA Fiziologiya va biofizika ilmiy tekshirish instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Respublika Salomatlik instituti, Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti, Samarqand davlat universiteti, Qashqadaryo viloyat sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, Shahrisabz hamda Qarshi tibbiyot kollejlari, Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji va boshqa oliy hamda o’rta maxsus o`quv yurtlari, shuningdek bir qancha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

2013 yil aprel oyida Shahrisabz tibbiyot kollejida “Kasb-hunar kolleji talabalarining ovqatlanishini ratsionallashtirish” mavzusida, 2014 yil may oyida esa ushbu kollej bilan hamkorlikda “Sog’lom avlod yili”ga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi va konferensiya materiallari to’plam holida nashr etildi. 

 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar 

Kafedrada 5140100 – Biologiya bakalavr yo’nalishi hamda 5A 140101 – Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) magistratura mutaxassisligi tayyorlanadi. Bundan tashqari kafedra a’zolari tomonidan universitetning barcha yo’nalishlarida darslar olib boriladi. 

 

Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati

Professor-o`qituvchilar tomonidan Oliy va o’rta maxsus o`quv yurtlari talabalari uchun 7 ta darslik (Sh.Qurbonov (hammualliflikda), “Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi” (2005); Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. “Odam fiziologiyasi (biokimyo asoslari bilan)” (2006); Sh.Qurbonov “Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi” (2013); B.Aminov (hammualliflikda) 8-sinf o’quvchilari uchun 7 tilda “Odam va uning salomatligi” (2014) va b.) nashr etildi.

Shuningdek o’nlab o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar (Sh.Qurbonov (hammualliflikda) “O’zbekiston Respublikasi aholisi turli guruhlarining oziq moddalar va energiyaga bo’lgan kunlik fiziologik talab me’yorlari” SanPiN№0250-08 (2008); I.Hayitov. “Biotexnologiya asoslari” (2010); “Yuksak o’simliklarni hujayradan ko’paytirish biotexnologiyasi” (2012); Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. “To’g’ri ovqatlanish qoidalari” (2014); O.Karimov, Sh.Qurbonov, M.Halimov. Umumiy va sport biokimyosidan amaliy mashg’ulotlar (2014); T.Xoliqov va b. “Рак кожи” (2014) va b.) chop ettirildi.

Prof. Sh.Qurbonov va boshqalar Novosibirskda bol’ib o’tgan xalqaro anjumanda, K.Do’stov va Sh.Qurbonovlar Nijniy-Novgorod shahrida o’tkazilgan konferensiyada tezislari bilan ishtirok etishdi.

Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy yo`nalishihazm va oziqlanish fiziologiyasining ustivor masalalari, aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o`rganish, aholi orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish muammolari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy masalalariga qaratilgan. Mazkur yo’nalishlar bo`yicha shu paytga qadar 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan (A.Qurbonov, O.Karimov, I.Cho’liyev, Yo.Rahmatullayev).

O’qituvchi K.Do’stov prof. Sh.Q.Qurbonov rahbarligida «Sportchilarning amaldagi ovqatlanishini baholash va ratsionallashtirish usullari» mavzusida, dotsent Yo.Rahmatullayev “Umumta’lim o’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining amaldagi ovqatlanishi va uni ratsionallashtirish” mavzusida, t.f.n. M.Tursunqulova esa tibbiyot sohasidailmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.

«Yosh biotexnologlar» to`garagi a`zolari va iqtidorli talabalar har oyda tegishli mavzuda ma`ruzalar uyushtirib, yaxshi uyushtirilgan mavzular chop ettirishga tavsiya etiladi.

Kafedraning innovatsion loyihalardagi ishtiroki

Dotsent A.Qurbonov Tempus dasturining 544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR “UzDOC: O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari doktorantura tizimi sifatini oshirish” loyihasida, b.f.n. I.Hayitov hamda dotsent O.Karimovlar esa “Qashqadaryo viloyatida yangi yaratilgan o’rik, shaftoli va olma navlarining ona bog’larini yaratish, ko’chatlarini ko’paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish” innovatsion loyihasida ishtirok etishmoqda.

Kafedrada oq’itiladigan fanlar

Bakalavriat: 

  • Odam va hayvonlar fizilogiyasi
  • Biokimyo
  • Biotexnologiya
  • Biofizika
  • Molekulyar biologiya
  • Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi
  • Yosh fiziologiyasi va gigiyena
  • Odam fiziologiyasi
  • Jismoniymashqlarningfiziologikasoslari
  • ONF va MNT fiziologiyasi
  • Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi
  • Tibbiy bilim asoslari
  • Valeologiya asoslari
  • Odam anatomiyasi
  • Odam anatomiyasi va antropologiya
  • Sport tibbiyoti
  • Jismoniy tarbiya gigiyenasi
  • Davolash jismoniy mashqlari
  • Pediatriya va bolalar gigiyenasi 

Magistratura: 

  • Ichki muhit fiziologiyasi 

Kafedra tarkibi 

  • Karimov Olim Rasulovich– biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Kafedra mudiri.
  • Qurbonov Shoniyoz Qurbonovich – biologiya fanlari doktori, professor, O’zR Turon Fanlar akademiyasi akademigi.
  • Xoliqov To’raqul Qo’ldoshevich – tibbiyot fanlari doktori, professor.
  • Qurbonov Abdulaziz Shoniyozovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Rahmatullayev Yorqin Shokirovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  • Norova Adiba Qutbiddinovna – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  • Hayitov Ilhom Yuldashyevich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Cho’liyev Ikrom Ne’matullayevich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Tursunqulova Marhamat Ergashevna – tibbiyot fanlari nomzodi, o’qituvchi.
  • Jovliyev Baxtiyor Xolbayevich – katta o’qituvchi.
  • Safarov Elmurod Djumayevich – o’qituvchi.
  • Norchayev O’tkir Toshkentovich – o’qituvchi.
  • Do’stov Karim To’rayevich – o’qituvchi.
  • Halimov Murodulla Ziyodullayevich – o’qituvchi.
  • Bo’ronova Gulnoza Boymuratovna– o’qituvchi.
  • Karimov Qodir Qayumovich – o’qituvchi.
  • Ro’ziyev To’ychiboy Choriyevich – o’qituvchi.
  • Yusupov Xurshid G’abborovich – o’qituvchi.
  • Mengaliyeva Nargiza Allamuratovna – o’qituvchi.
  • Hazratova Hulkar Normurodovna - o’qituvchi.
  • Sattorova Iroda Yangiboyevna - o’qituvchi.

Kafedrada sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish an’ana tusiga kirgan. Jumladan 2013 o’quv yilidan boshlab har yili may oyida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan mini futbol bo’yicha “Kafedra kubogi” o’tkazib kelinadi. Ushbu musoboqa 2013 yilda “Fiziologiya kafedrasi kubogi”, 2014 yilda “Anatomiya va fiziologiya kafedrasi kubogi” hamda 2015 yil “Biotexnologiya kafedrasi kubogi” nomi ostida o’tkazib kelinmoqda. Unda biologiya yo’nalishi talabalari faol qatnashishdi.

2013 yil “Fiziologiya kafedrasi kubogi”

2014 yil “Anatomiya va fiziologiya kafedrasi kubogi”

2015 yil “Biotexnologiya kafedrasi kubogi”

Biotexnologiya kafedrasi bilan “Sho’rtangazkimyo” unitar sho’ba korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar o’rtasida o’za’ro xo’jalik shartnomalari tuzilgan.

Kafedra manzili: Qarshi shahri, Ko’chabog’, №17. Tabiiy fanlar fakulteti binosi, 4-qavat.

JoomShaper