TABIIY FANLAR FAKULTETI

Fakultet tarixi

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb – hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari  uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Tabiiy fanlar  fakulteti 1960 yil 20 yanvarda Kimyo – biologiya fakulteti nomi bilan ish boshlagan. Keyinchalik ya’ni 1994 yil “Tabiatshunoslik” markaziga aylantirilgan. 2001  yilda markaz tarkibida  “Ximiya - geografiya” hamda “Biologiya -tuproqshunoslik” fakulteti tashkil etilgan.

2005 yil 26 avgustda har ikki fakultet birlashtirilib Kimyo – biologiya fakulteti deb nomlangan. 2011 yil, 5 noyabrdan “Tabiatshunoslik va geografiya” fakulteti nomi bilan yuritilayotgan edi. 2014 yil 8 iyul oyidan  fakultetga “Tabiiy fanlar” fakulteti maqomi berildi.

Fakultet ma'muriyati:

Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlar nomzodi

     Boysunov Bobur Xidirovich

     Qabul vaqti:  Har kuni 14.00 – 18.00

     Telefon:  (+99890) 721-66-99

     E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

 O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Cho'liyev Ikrom Ne'matullayevich

Qabul vaqti:  Har kuni 15.00 – 17.00

Telefon: (99890) 638-17-48

E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

   

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Boymurodov Sami Mamurovich 

Qabul vaqti:  Har kuni 15.00 – 17.00

Telefon: (99891) 218-28-21 

E-mails.boymurodov @umail.uz  

 

Ma'naviy va ahloqiy tarbiya ishlari bo'yicha dekan muovuni

 Jumayev Xayrulla Hayitovich

 Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

 Telefon: (99891) 214-01-56

  E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

  

 

Ma'naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha dekan muovuni

 

Norchayev O‘tkir Toshkentovich

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (99890) 444-74-04

E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Ilmiy ishlar bo'yicha dekan muovuni

Kodirov Abduaxad Abduraximovich

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (99891) 451-54-84

 

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 

Tabiiy fanlar fakultetida  o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy ishlar  OTM faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari  va farmonlari, Vazirlar mahkamasi qaror va farmoyishlari,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bo‘yruq va topshiriqlari asosida universitet  Ilmiy kengashi,  rektor buyruqlari,  shuningdek ta’liimga oid huquqiy - meyoriy hujjatlar asosida tuzilgan ish rejasida ko‘rsatilgan  quyidagi  ishlar amalga oshiriladi.  

Fakuletet 6 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 3 ta    magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.  

Bakalavriaturada; 5140100 – biologiya, 5140500 – kimyo,  5110500 – geografiya o‘qitish metodikasi, 5620100 – tuproqshunoslik, 5630100 – ekologiya va atrof muhit muhofazasi, 5320500 – biotexnologiya 

Magistraturada: 5А140101 – Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha), 5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiya,  5A140503 – Neft va tabiiy gaz kimyosi 

Fakultetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun 5 ta – Biologiya, Biotexnologiya, Kimyo, Geografiya, Tuproqshunoslik va ekologiya kafedralari faoliyat ko‘rsatadi. 

Fakultetda 1110 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 14 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. 

- Ilmiy salohiyat. Fakultetda 5 kafedra mavjud bo‘lib, 80 dan ortiq nafar professor–o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Professor –o‘qituvchilar tarkibida 4 fan doktor, professor, 34 fan nomzodi dotsent, 30 katta o‘qituvchi va assisentlar 1110 nafar talabaga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Ilimiy saloxiyat –57% 

- Fakultet kafedralari tomonidan “Janubiy O‘zbekiston tabiiy florasi va faunasini majmuali o‘rganish” va “Noyob o‘simliklar turlarini iqlimlashtirish va madaniylashtirish” “Hazm va oziqlanish fiziologiyasining ustivor masalalari”, “Janubiy O‘zbekiston tabiatidan oqilona foydalanish” “Janubiy O‘zbekiston tuproqlari va ekologik holatini o‘rganish” borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi 3 yil ichida fakultet professor o‘qituvchilari tomonidan  6 ta darslik, 15 ta  o‘quv    qo‘llanma, 10 ta  monografiya, 25 ta risola, mingdan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan.

Fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlarining kasbiy faoliyat turlari 

-5320500 – Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo‘jaligi)ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarining kasbiy faoliyat obyektlari – biotexnologik ishlab chiqarish korxonalari, mikrobiologik ishlab chiqarish produtsentlari, noan’anaviy biologik manbalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, mahsulotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlari bo‘yicha.- ilmiy-tadqiqot;- ishlab chiqarish;- tashkiliy-boshqaruv;- loyihaviy-konstruktorlik;-foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish. 

- 5630100 - Ekologiya va atrof- muhit muhofazasi ta’lim yunalishi buyicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati kuyidagilarni qamrab oladi:   -O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida; -tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda; -yer resurslari, davlat kadastri va kartografiya davlat qo‘mitalarida;  -qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi idoralar xamda «Ekoharakat» respublika va viloyat bo‘linmalarida; -ekologik turizm va servisni respublikamizda rivojlantirishga yunaltirilgan idora va tashkilotlarda; ishlab chiqarish korxonalarida; ekologik yunalishdagi nodavlat tashkilotlari va davlat boshqaruvi idoralarida kompleks masalalarni yechish. 

- 5141000–Tuproqshunoslik  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari: 

 -tuproqshunoslik sohasiga doir nazariy muammolar, tuproq; tuproq paydo bo‘lishi omillari; yer resurslari; tuproq tiplari; sug‘oriladigan tuproqlar; lalmi yerlarning tuproqlari; tog‘ tuproqlari; sahro tuproqlari; qo‘riqxona va milliy bog‘larning tuproqlari; fermer xo‘jaliklarining tuproqlari; degradatsiyaga uchragan tuproqlar; sho‘rlangan tuproqlar; ifloslangan va eroziyaga uchragan tuproqlar; eksperimental tadqiqot vositalari; tuproqshunoslik laboratoriyalarining asbob-uskunalari va boshqalar. 

-5140100 – Biologiya (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining obyektlari;  - Ilmiy– tadqiqot:  ilmiy – tekshirish muassasalari, xalq xo‘jaligi korxona va ilmiy laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish; - Ishlab chiqarish: Biokimyoviy, mikrobiologik va biotexnologik jarayonlar qo‘llaniladigan ishlab chiqarishda, baliqchilik korxonalarida,  sog‘liqni saqlash korxonalarida, qishloq xo‘jaligida, qo‘riqxonalarda va boshqa sohaga talluqli zavod va korxonalarda ishlash.- Pedagogik: umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida biologiya, kimyo va ekologiya  fanlaridan dars berish xamda o‘quv uslubiy – faoliyat bilan shug‘ullanish va vazirliklarning o‘quv-ilmiy bo‘limlari, tarmoq institutlari, oliy o‘quv yurtlarida ishlashi va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin. 

  Ma'naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha dekan muovuni

JoomShaper