TASVIRIY SAN‘AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: dotsent, t.f.n.

Ochilov Farxod Egamberdiyevich

Telefon: (+99891) 635-49-99

(+99890) 716-64-94 

Elektron manzili:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedra haqida

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2008-yil 20-mayda  Kasbiy ta’lim kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirgi vaqtda 14 nafar professor- o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi, shulardan: 2 ta texnika fanlari nomzodi, dotsent, 4 ta katta o’qituvchi, 8 ta assisent-o’qituvchilar bo’lib ilmiy salohiyat 20 % ni tashkil etadi. Kafedra  o’qituvchisi  N.Berdiev O’zbekiston  Badiiy  Akademiyasi a‘zosi.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi bo’yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ijodiy ishlari ko’rgazmasi fashkil etiladi. 2015-yil iyun oyida «Ustoz va shogird an`analarida ranglar jilosi» nomli tasviriy va amaliy san`at asarlari ko`rgazmasi bo`lib o`tdi            

Kafedrada kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan.Ko’p yildan beri Shaxrisabz pedagogika kolleji bilan hamkorlik qilib kelinmoqda. Kafedramiz kata o`qituvchisi E.Jabborov Qarshi san`at kollejida o`rindoshlik asosida dars beradi. 

 

 O'quv jarayonidan lavha 

Beknazarova Madina, Yo’ldosheva Madina, Egamberdiyev Murod, Baxromova Shahnoza va Sadinova Gulchehra kabi talabalarimiz iqtidorli talabalarning  “Yurt kelejagi”, Zulfiya”, “Bizpresidentfarzandlarimiz», «Mustaqilyurthunarmandlari», «Buyukipakyo`libo`ylabxalqaroturizmyarmarkasi», «Yuksakma`naviyatliavlod», nomli qator xalqaro va Respublika miqiyosidagi ko`rik tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishib, sovrinli o`rinlarni egallab kelishmoqda. 

         2015 yilda 2 ta xalqaro hamkorlik iartnomalari imzolandi. 2015 yil aprel va avgust oylarida rafedramiz Rossiya va Bolgariyadan xalqaro hamkorlik aloqalari bo`yicha tashrif buyurgan mehmonlar delegatsiyasiga mezbonluk qildi. Hozirgi kunda xalqaro art loyihalarni amalga oshirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. 

Kafedrada to`garaklar ishi hamda ustoz-shogird tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan «Musavvir» va «Zargarlik» to`garaklarida iqtidorli talabalarimiz san]at sirlarini yanada mukammal o`zlashtirishga erishayapti. 2008-2009-yillarda kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi F.Ochilov, 2009-2015 yillarda katta o’qituvchi T.M.Astanov ishlab kelgan. 2015 yildan hozirgi kunga qadar texnika fanlari nomzodi F.Ochilov kafedrani boshqarib keladi.

 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar: 

5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 159 nafar talaba tahsil olmoqda. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari ikki yo‘nalishda : 

1. O‘rta umumta’lim maktablarida tasviriy san’atni va chizmachilik fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi. 

2. Kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanini o‘qitishni takomillashtirish metodikasi yo`nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat 

  • Chizma geometriya.
  • Qalamtasvir
  • Rangtasvir. Kompozitsiya
  • Chizmachilik
  • Plastik anatomiya
  • Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya
  • Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya
  • Tasviriy sa‘nat texnologiyasi va nusxa ko’chirish
  • Haykaltaroshlik
  • Amaliy san‘at.Badiiy bezak san‘ati.
  • Grafik tasvirlash asoslari
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o’qitish nazariyasi va metodikasi
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o’qitishning innovasion pedagogik texnologiyalari
  • Kompyuter grafikasi
  • Tasviriy san’at tarixi
  • Soyalar nazariyasi
  • Miniatyura 

Kafedra professor-o'qituvchilari tarkibi: 

  • Ochilov Farhod Egamberdiyevich, t.f.n.,dotsent, kafedra mudiri
  • Maxamov Xo`jaahmad Tavashovich, t.f.n.,dotsent
  • Astanov Tolib Muxtarovich-katta o’qituvchi,
  • Jabborov Erkin Xolliyevich-katta o’qituvchi
  • Berdiyev Nurmon Ochilovich, katta o`qituvchi
  • Radjabov Mansur Rustamovich, katta, o’qituvchi
  • Muxammadiyev Mufassal Maxmanazarovich,o’qituvchi
  • Shafoatov Zokir Jovliyevich, o’qituvchi
  • Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, o’qituvchi
  • Turayev Elyor Isoqovich, o’qituvchi
  • Qorjovov Bobur Jovliyevich, o’qituvchi
  • Muhammadiyeva Zarifa Lutfullayevna, o’qituvchi
  • Shafoatov Zokir Jovliyevich, o’qituvchi
  • Sattorova Aziza Anvarovna, o’qituvchi 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

  

F.E.Ochilov., M.R. Radjabovich. “Geometrik va proyeksion chizmachilikdan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar” o‘quv uslubiy qo‘llanma.Qarshi-2012 yil. 

M.R.Rajabov, F.E.Ochilov.Muhandislik grafikasi(uzatmalar).Qarshi-2014

Т.А.Ergashev. Tasviriy san’atdan izohli lug’at. Qarshi-2013.

 

Kafedra manzili: Pedagogika fakulteti, 4-qavat,411-xona

JoomShaper