PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

Kafedra mudiri  

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent 

Xolmurod Karimov

Telefon: 91-633-71-78

Elektron manzil:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedra tarixi

Qarshi Davlat Universiteti Psixologiya kafedrasi 1985-yildan e‘tiboran Pedagogika-psixologiya kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan holda alohida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Psixologiya kafedrasini 1985-1990 yillar dots.G.Mazetova, 1991-1993 yillar dots. A.Jabborov, 1994-1998 yillar dots. N.Boymurodov, 1999-2015 yil professor Azim Jabborov, 2015 yildan Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Xolmurod Karimov  boshqarib kelmoqda

Psiхologiya kafedrasida 1993-1994 o`quv yilidan boshlab “5310200- Psixologiya  ta‘lim yo`nalishida oliy ma‘lumotli va tayanch mutaxassislik diplomini olish uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ushbu mutaxassislik  Qashqadaryo viloyatidagi 1200 dan ortiq o`rta maktablar  va 130 dan ortiq o`rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi muassasalarini psixolog kadrlar bilan ta‘minlab kelmoqda. Psixologiya kafedrasida 21 nafar professor - o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi. Shundan 1ta fan doktori, professor; 4 ta fan nomzodi dotsent; 4 ta katta o`qituvchi; 12 ta o`qituvchi faoliyat ko`rsatadi. 

Kafedrada  “5210200- Psixologiya” yo`nalishida quyidagi fanlar o`qitiladi:

1. Umumiy psiхologiya

2. Etnopsiхologiya va din psiхologiyasi

3. Eksperimental psiхologiya va praktikum

4. Psiхologiya tarixi

5. Psiхologik fenomenlar va uslubiyoti

6. Ijtimoiy reablitasiya

7. Konsultativ psiхologiya va psiхokorreksiya

8. Umumiy psiхodiognostika

9. Sosial psiхologiya

10.Ontogeniz psiхologiyasi

11.Pedagogik psiхologiya va psiхologiyani o`qitish metodikasi

12.Tibbiyot psiхologiyasi va psiхoterapiya

13.Mehnat va muhandislik psiхologiyasi

14.Sosial psiхologik trening

15.Psiхologik xizmat

16. Huquq psiхologiyasi

17. Differensial psiхologiya

18. Psixologiya mutaxassisligiga kirish

19. Ma’naviyat psixologiyasi

20.Oila psixologiyasi

 

Kafedrada o`qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy ta`lim tehnologiyalari va axborot tehnologiyalariga asoslangan elektron o`quv uslubiy majmualar yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari bilan jihozlangan ma`ruzalar zali mavjud. Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq ma`ruza mashg`ulotlari mazkur ma`ruzalar zalida olib boriladi.

Keyingi 5 yilda kafedrada 1 ta nomzodlik dissertasiyasi tayyorlanib (M.Maqsadova) muvofaqiyatli himoya qilindi, kafedra a’zolaridan 2 kishi (E.Yoziyev va B.Jo’rayevlar) katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlab himoya qilish arafasidalar. Bundan tashqari  kafedraning ilmiy yo`nalishi “Milliy va xududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda o`quv–tarbiya jarayonlarini takomillashtirishning ijtimoiy–psixologik xususiyatlari” mavzusida kafedra professor o’qituvchilari tomonidan keng miqiyosda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, professor A.Jabborov 4 ta, dots. M.Fayziyeva 3 ta, dots. L.Beknazarova 3 ta, fan nomzodi M.Maqsadova 2ta managrafiya va risola nashr ettirishgan.

Kafedrada “Yosh psiхolog” to`garagi mavjud bo`lib, I-IV kurs talabalari jalb etilgan hamda to`garakning  ilmiy-tadqiqot yo`nalishi Psiхologiyaning dolzarb mavzularida bahs yuritadi.

JoomShaper