PEDAGOGIKA KAFEDRASI

   Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent

   Jumayeva Nargiz Erkinovna

   Telefon: (+998 91) 464-54-00

   Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

         

PEDAGOGIKA KAFEDRASI  TARIXI

“Pedagogika” kafedrasi 1964 yilning mart oyida Ijtimoiy gumanitar fanlar negizida tashkil topgan. Unda taniqli olimlardan professor M.Ochilov, dotsentlar N.Hamrayev, Usmonov S.I., Xoliqov D. Qultayev J.Q., Xidirova B.X., Mazitova G.X., Mazitova M.X.lar faoliyat ko‘rsatganlar.

“Pedagogika” kafedrasiда quyidagi professor-o‘qituvchilar kafedra mudirligi lavozimida ishlaganlar:

  1. Tatarskaya Ideya Yefimovna (1964-1966)
  2. Baratov T.B.  (1966-1970)
  3. Usmonov S.I. (1970-1972)
  4. Ochilov M.O. (1972- 1983)
  5. Xamrayev N.X. (1983-1985)
  6. Choriyev A.CH. (1985-1996; 1999- 2003)
  7. Eshmuradov E.E. (1996-1999)
  8. Fayzullayeva N.S. (2003-2006)
  9. Soxibov A.R. (2007-2013)
  10. Djumayeva N.E. (2013- hozirgacha)

Kafedrada hozirgi vaqtda 1 та профессор, 5 nafar pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar, 2 ta katta o’qituvchi, 10 nafar o’qituvchilar, faoliyat ko’rsatmoqda. Ilmiy salohiyat 40%. “Pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultet va yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatadi. 

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. dots. Djumayeva Nargiz Erkinovna – kafedra mudiri
  2. prof. Choriyev Abdishukur Choriyevich
  3. dots.Primov Tilakberdi
  4. dots. Soxibov Akram Rustamovich
  5. p.f.n.Eshmurodov Ergash        
  6. p.f.n. Eshmurodova Gulbaxor Xushmurodovna
  7. o‘q.Ismoilova Yulduz Turayevna
  8. o‘q.Nazirov Usmon Qosimovich
  9. o‘q.Qoraxonova Oysara Yuldoshovna
  10. o‘q.Xalilova Xabiba Mamatqulovna
  11. o‘q.Qurbonova Aziza O‘ktamovna
  12. o‘q. Sultonov Akram Ikromovich 
  13. o‘q.Qultoyeva Nasiba Jurayevna
  14. o‘q.Murodova Zulfiya Qayumovna
  15. o‘q.Sattorova Moxira Amirqulovna
  16. o‘q. Mirzaqobilov Asqarali Davronovich

Kafedrada 5А110901 pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi va universitetning barcha bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha quyidagi fanlar o‘zbek va rus tilida  o’qitiladi:

Bakalavriatning yo‘nalishlarida:

  1. Pedagogika (uzb,rus)
  2. Umumiy pedagogika (uzb,rus)
  3. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti (uzb,rus)
  4. Ijtimoiy pedagogika
  5. Oila pedagogikasi
  6. Ta’lim texnologiyalari
  7. Pedagogika nazariyasi va tarixi
  8. Pedagogik mahorat

Magistratura mutaxassisligi: 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi

  1. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (1 kurs 2-sem)
  2. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi ( 1kurs 2-sem)
  3. Pedagogikaning konseptual asoslari (1 kurs 1-2-sem)
  4. Pedagogik fikrlar tarixi (1 kurs 1-sem)
  5. Pedagogik menejment (1 kurs 2-sem)
  6. Pedagogik diagnostika va korreksiya (2 kurs 1-sem)

  Kafedraning bosh ustuvor ilmiy tadqiqot mavzusi “Oliy ta‘lim jarayonida bo’lajak mutaxassislarning ta‘lim-tarbiya jarayoniga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari”.

Mazkur yo’nalish bo’yicha prof. A.Choriyev 4 ta, dotsent Djumayeva N.E. 4 ta, dots. T.Primov 5 ta, dots. A.Soxibov 3 ta monografiya,  risola, o’quv-uslubiy qo’llanmalar nashr ettirdilar. Kafedra o’qituvchilari U.Nazirov, Yu.Ismoilovalar nomzodlik dissertatsiyalari ustida izlanmoqdalar. 2013 o‘quv yilida kafedraga yosh o‘qituvchilar O.Ochilov, A.Qurbonova, A.Rajabova qabul qilindi. Kafedra o’qituvchisi D.Kenjaeva 2008 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 

Kafedraning mustaqil tadqiqotchilari S.Tursunov 2011 yil doktorlik dissertatsiyasini, M.Tilovov 2009 yilda nomzodlik dissertatsiyasiyasini, 2011 o’quv yilida X.Saiddakbarov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olganlar.

Kafedra qoshida “Yosh pedagog” to’garagi faoliyat ko’rsatib, 20 dan ortiq iqtidorli talabalar jalb etilgan, ular turli mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Har yili to‘garak qatnashchilari o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelmoqdalar.

Kafedra dotsenti N.Jumaeva 2007 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi masofali o’qitish markazi tashkil etgan grant tanlovida ishtirok etib, Moskva shahridagi M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida pedagogika-psixologiya fani bo’yicha malaka oshirib keldi.

O’zbekiston Respublikasi madaniyati va san’ati “Fond Forum”ining Pedagogik grantlari tanlovida ishtirok etish uchun kafedra professor-o’qituvchilari dots. A.Soxibov, T.Primov “O’zbekistonda inklyuziv ta‘limni rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari (nazariya va amaliyot)” va dots. Djumaeva N.E. “Formirovanie organizatorskix sposobnostey u studentov visshego uchebnogo zavedeniya na osnove gumanizatsii obrazovaniya” loyihalarini tayyorlab taqdim etgilar. N.E.Djumayevaning loyixasi “Pedagogik grantlar -2011” konkursi  g‘olibi bo‘ldi

Pedagogika kafedrasida Qashqadaryo viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi bilan innovatsion hamkorlik o‘rnatilgan. Kafedra o‘qituvchisi Qoraxonova Oysara“Innovatsion texnologiyalar yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mantiqiy fikrlashga o‘rgatishning didaktik asoslari” nomli doktorlik dissertatsiyasi, 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 2 kurs magistrantlari Berdiyeva Gulobodning –“Kasb-hunar ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda interfaol metodlarni qo‘llash samaradorligi”, magistrlik dissertatsiyasini mavzusida, Xajilov Ulug‘bekning -“ Bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim texnologiyasiga o‘rgatish asoslari.”, Rasulova Irodaning- “O‘quvchi-yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning  shakl va metodlari. (Kasb-hunar kollejlari misolida)” mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi 51- sonli bo‘yrug‘iga asosan 2015 yil 17 noyabrda  Qarshi Davlat universitetida Pedagogika kafedrasi tomonidan “Uzluksiz ta’lim mazmuni, metod va vositalarini modernizatsiyalashning didaktik prinsiplari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya ishida Qori-Niyoziy nomidagi O‘zPFITI, O‘zMU, GulDU, Nizomiy nomilagi TDPU, BuxDU, FarDU, O‘zDJTU, ToshDAU, TDTU, SamDU, QarMII, TATU Qarshi filiali, Qashqadaryo viloyat QXTXQTMOI  professor-o‘qituvchilari, shuningdek, QarDU professor-o‘qituvchilari, pedagogika fakulteti magistrlari va bakalavr bosqichi talabalari qatnashdilar

Kafedra Respublikadagi tayanch oliy o’quv yurtlari – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Toshkent Davlat Milliy universiteti, Qori Niyoziy nomidagi O’zRes Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Buxoro Oziq Ovqat Yengil Sanoat texnologiyalari instituti, O’zbekiston Respublika Prezidentining “Istedod” jamg’armasi masofali o’qitish markazi bilan  ilmiy yo’nalishda hamkorlik qilmoqda. Qori Niyoziy nomidagi O’zRes Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlari, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti o’quv-uslubiy ishlar bo’yicha, Buxoro Oziq Ovqat Yengil Sanoat texnologiyalari instituti, Toshkent Davlat universiteti qoshidagi Oliy Pedagogika instituti bilan ilmiy kadrlar tayyorlash, professor-o’qituvchilarni malakasini oshirish bo’yicha 2018 yilgacha  shartnoma asosida  hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda.


“Pedagogik grantlar-2011” g‘olibi Djumayeva Nargiz ilmiy-amaliy konferensiyada. Toshkent. 22.02.2013.
Qamashi shahridagi Mehribonlik uyida Pedagogika kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbir.30.03.2013 


Pedagogika kafedrasi jamoasi

2015 yil 17 noyabrda Qarshi Davlat universitetida Pedagogika kafedrasi tomonidan  o‘tkazilgan “Uzluksiz ta’lim mazmuni, metod va vositalarini modernizatsiyalashning didaktik prinsiplari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani


Konferensiyaning yalpi majlisi jarayonlari

Pedagogika kafedrasi maktab, kollej,litsey va bog‘cha hamkorligida o‘tkazgan tadbiri.15.05.2013.

JoomShaper