MUSIQA TA'LIMI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: katta o'qituvchi

Murodov Muxitdin Qodirovich

Telefon:(+998 90) 609 67 80

Elektron manzili: murodov1967@umail.u

 

   

Kafedra tarixi

Musiqa kafedrasi 1977-yil tashkil topgan. Shu yillar davomida kafedrada dotsent Sami Aziz o’g’li, professor M. Abdukarimovlar mudirlik qilganlar. Kafedrada hozirgi vaqtda 1 nafar pedagogika fanlari nomzodi, katta o’qituvchi, 1 nafar dotsent, 2 ta katta o’qituvchi, 1 nafar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, 5 nafar o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Kafedrada ilmiy salohiyat - 30%ni tashkil etadi. Kafedrada 5111100-musiqa ta’limi yo‘nalishi  bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari

  • Musiqa tarixi (o‘zbek musiqasi tarixi, chet el musiqasi tarixi)

  • Musiqa nazariyasi (musiqa nazariyasi asoslari, garmoniya, musiqa asarlari tahlili)

  • Solfedjio

  • Vokal ijrochiligi

  • An’anaviy va xalq qo‘shiqchiligi

  • Xor va xorshunoslik

  • Dirijyorlik

  • Cholg‘u ijrochiligi va ansambli

  • Musiqa o‘qitish nazariyasi va  metodikasi.

  • Cholg‘u  ijrochiligi

  • Cholg‘u ansambli

  • Musiqa o‘qitishning innovatsion texnologiyalari

  • Cholg‘ushunoslik

  • Xor aranjirovkasi

  • O‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi

  • Bolalar musiqa  adabiyoti

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  •  kat.o’q.Primov Rashid Toshqulovich

  •  kat.o’q. p.f.n. Ismoilova Mahbuba Elamonovna

  •  dots. Rahmonqulov Abdujabbor Najimovich    

  •  kat.o’q. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xalilova Oygul Temirovna

  •  o’qit. Qurbonov Quldosh Yuldoshevich    

  •  o’q.Qurbonova Mohigul Shoniyozovna

  •  o’q.Murodov Muhiddin Qodirovich

  •  o’q.Batasheva Saodat Normurodovna

  •  o’q.Pirnazarov Laziz Qahramonovich

  •  o’q.Azizov Fayoz Samiyevich

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi mavzusi “Musiqa ta’limiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar”. “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy mahoratini shakllantirish”. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha kafedraning faxriy dotsenti Sami Aziz o‘g‘li 1ta darslik, 1ta o‘quv-qo‘llanma, p.f.n.M.Ismoilova tomonidan 2ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan.  Kafedra o‘qituvchisi katta ilmiy xodim-izlanuvchi M.Murodov “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida kasbiy malakalarni shakllantirishning didaktik asoslari” mavzusida  doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.

 

Kafedra TDPU san’at fakulteti, SamDU, BuxDU, TermizDU musiqa kafedralari bilan doimo ilmiy hamkorlik qilib keladi. Kafedra qoshida “Yosh musiqashunos” to‘garagi (rahbar M.Ismoilova) faoliyat ko‘rsatib, unda 30 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan va ilmiy  izlanishlar olib boradi.

 

Kafedraning professor-o‘qituvchilari respublika, viloyat, shahar miqyosidagi o‘tkazib kelinayotgan “O‘zbekiston vatanim manim”, “O‘zbekistonda estrada san’ati”, “O‘zbekiston qo‘shiq bayrami” va  “Yagonasan, muqaddas Vatan”  kabi ko‘rik tanlovlarda o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-7-sinflar uchun bolalar qo‘shiqlarining elektron to‘plami ishlab chiqilgan. Qo‘shiqlarning musiqalari aranjirovka qilinib DVD va CD disklarihamdamagnit tasmalarga yozilgan va talabalarni amaliyotga tadbiq etishi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Musiqa kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Ziyo sadolari” dastasi (badiiy rahbar o’q. L.Pirnazarov) Mustaqillikning 23 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yagonasan mustaqil Vatan” ko’rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va dastlab mintaqaviy, keyin esa respublika bosqichida birinchi o’rinni qo’lga kiritgi. “Ziyo sadolari” dastasi jamoasi muhtasham “Turkiston” saroyida o’tkazilgan “Yagonasan mustaqil Vatan” ko’rik-tanlovining mamlakat bosqichida ham ishtirok etib sovrinli o’rinni qo’lga kiritishdi.

Kafedra qoshida tashkil etilgan “Ziyo sadolari” dastasi

Yakkaxon solistka –Yuiduz Nabiyeva

 

Kafedra manzili: Bosh bino, 3-qavat

JoomShaper