Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiripedagogika fanlari doktori

Rizamat Davranovich Shodiyev

Telefon: (+998 98) 777-53-43

Elektron manzil:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Kafedra tarixi 

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi 1960 yilda Qarshi Davlat pedagogika institutida "Boshlang‘ich ta’lim metodikasi" nomi bilan tashkil topgan. Kafedraga ilgari professor M. Ochilov, dotsent T. G‘afforova, dotsent T.Rasulovlar, dotsent Sh.Nurullayeva, dotsent N.Oripovalar mudirlik qilgan. 2014 yil 1-apreldan boshlab “Ijtimoy pedagogika va Maktabgacha ta’lim” kafedrasi optimallashganligi sababli kafedra nomi ”Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi  deb nomlana boshladi. Hozir kunda kafedraga pedagogika fanlari doktori, (2005 yil 28 dekabrda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan) dotsent mudirlik qilmoqda.

Shu mudirlar ichida kafedraning ravnaqiga juda katta hissasini qo‘shgan olimlardan biri professor M. Ochilov va dotsent T. G‘afforovalardir. M.Ochilov 1960 yildan 2010 yilgacha kafedrada faoliyat ko‘rsatdi. Ish jarayonida unumli mehnat qilib, ustoz degan ulug‘ nomni sharaf bilan oqlab keldilar. U o‘z faoliyati davomida  yoshlarni yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalashga ulkan xissa qo‘shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va darsliklar yozib nashrdan chiqardi. O‘nlab fan nomzodi tayyorlab, ko‘plab doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslaxatchi bo‘lgan. U “Oliy maktab pedagogikasi” darsligining muallifidir. Shuningdek, professor M.Ochilov ilmiy izlanishlari natijasida “Yangi pedagogik texnologiyalar”,”O‘qituvchi odobi” kabi ko‘plab o‘quv qo‘llanmalarini nashrdan chiqardi. Olim ilk bor buyuk Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarini tarjima qildi. Xukumatimiz olimning ko‘p yillik ilmiy va pedagogik mahoratini inobatga olib, uni bir qancha  orden, medal va “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlagan.Olimning “Oliy maktab pedagogikasi” nomli darsligi hozirgi kunda magstrantlar uchun asosiy adabiyotlardan biri bo‘lib qolmoqda. 

2002-2009 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent G‘afforova Ta’lat rahbarlik qildi. Rahbalik jarayonida kafedra har taraflama taraqqiy etib ilmiy salohiyati ko‘tarilib bordi. U mudirilik qilgan yillardan  kafedra o‘qituvchilardan Sh.Nurullayeva, N.Ochilova, N.Oripova, D.Kenjayeva, Sh.Hamroyevlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodlik ilmiy darajasini oldi. Dotsent T.G‘afforova mudirlik ishlari bilan birga mamlakatimiz ta’lim sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Alefbe”, “O‘qish” darsliklarini nashrdan chiqardi. Shu yillar davomida kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ham ko‘plab risolalar, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar tayoyrlandi va ommaviy axborot vositalarida, davriy matbuotda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etildi. Shu bilan birga turli halqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar. 

2009-2014 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurullayeva Shaxlo O‘ktamovna rahbarlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida ham  kafedraga ish faoliyati yanada o‘sib bordi. Kafedra o‘qituvchilari  uning mudirligi davrida o‘quv, ilmiy, uslubiy, tashkiliy  jihatdan ishlarni samarali olib bordi. U rahbarlik qilayotgan yillarda kafedrada  5A 111701- Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi.ta’limда menejmentixtisosligi bo‘yicha katta ilmiy xodim izlanuvchi instituti faoliyat yurita boshladi. 2014 yil iyun oyidan boshlab kafedraga dotsent Shodiyev Rizamat Davranovich mudirlik qila boshladi.  Dotsent Shodiyev Rizamat Davranovich kafedraga mudirlik qilayotgan davrdan buyon kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yanada yuksala boshladi. Uning rahbarligida kafedra o‘qituvchisi Yoziyeva Umida va Aslanova Orzigullar doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. 

Kafedrada 1 nafar fan doktori,  6 nafar fan nomzodi, dotsentlar 1 nafar professor, 14 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi va ilmiy salohiyat 38 % ni tashkil etadi. Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi 5141800-maktabgacha ta’lim va 5111700 – boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. 

Kafedrada magistratura (5A111701) va doktorantura mavjud (13.00.01, 13.00.08)

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar 

Bakalavriat: 

5141800 - Мaktabgacha ta’lim yo‘nalishida  quyidagi fanlar o‘qitiladi: 

  • Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti 
  • Maktabgacha pedagogika 
  • Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi 
  • Nutq o‘stirish metodikasi 
  • Elementar matematik tassavvurlarni shakllantirish metodikasi 
  • Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi 
  • Estetik tarbiya metodikasi 
  • Maktabgacha yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash 
  • Maktabgacha ta’limni axborotlashtirish 
  • Maktabgacha ta’limni o‘qitishda innovatsion  pedagogik texnologiyalar 
  • Ijodiy faoliyatga o‘rgatish 
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi 
  • Oilashunoslik 
  • Korreksion pedagogika logoped asoslari 
  • O‘zbekistonda pedagogika tarixi

Bakalavriat: 

5111700 – boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish

  • Ona tili o’qitish metodikasi 
  • Husnixat o’qitish metodikasi 
  • Matematika 
  • Matematika  o’qitish metodikasi 
  • Oliy matematika 
  • Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti 
  • Mehnat va uni o‘qitish metodikasi 
  • Tarbiyaviy ish metodikasi 
  • Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi 
  • Boshlang‘ich ta’limni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar 
  • Xalq pedagogikasi 
  • Nutq o‘stirish metodikasi 

Kafedrada 5A111701Boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Mazkur magistratura mutaxassisligida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

  • Boshlang‘ich talimning metodologik asoslari.
  • Boshlang‘ich ta’limda psixologik-pedagogika nazariyasi va texnologiyasi.
  • Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodkasi.
  • Tabiatshunoslik va mehnat ta’limi nazariyasi va metodikasi.
  • Matematika nazariyasi va amaliyoti
  • Pedagogik tadqiqotlarda statistika metodlari
  • Dunyo mamlakatlari ta’lim tizimi
  • Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uni o’qitish  metodikasi

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari:

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha dotsent T.G‘afforova, Sh.Nurullayeva, N.Oripova,  O.Aslonova, M.Muhammadiyeva, Y.Yarmanova monografiya va risolalar nashr ettirishgan.

Kafedra a’zolari U.Yoziyeva, O.Aslonova, S.Yo‘ldoshevlar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar. 

Kafedra a’zolari:

  • prof. G‘afforova Tal’at G‘afforovna
  • p.f.d. dots. Rizamat Shodiyev
  • dots. Nabieyev Abdisalom
  • dots. Nurullayeva Shaxlo O‘ktamovna
  • dots. Oripova Nodima Xalilovna
  • p.f.n. Kenjayeva Dildora
  • k.o’q. Bozorova Hulkar Tursunovna
  • k.o’q. Raxmatullayeva Shaxodat Ziyatovna
  • k.o’q. Yuldashev Nazar O’sarovich
  • Ashurova To’lg’anoy Ergashevna
  • Muxammadiyeva Manzura Maratovna
  • Yarmanova Yulduz Bo‘riyevna
  • Yoziyeva Umida Lutfullayevna
  • Aslonova Orzigul Pirimovna
  • Yo‘ldoshev Sodiq Norchayevich
  • Choriyeva Feruza Amrullayevna
  • Ochilov Akmal Eshtemirovich
  • Boqiyev Xushrud Xushvaqovich

 Kafedra manzili : 6 - blok  2 – qavat

JoomShaper