O'ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Kafedra mudiri: filologiya fanlari nomzodi, katta o'qituvchi

Jabborov Eshpo'lat

Telefon: (+998 91) 945-64-55

Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Kafedra haqida

О‘zbek tilshunosligi kafedrasi tarixan qariyb Qarshi Davlat universiteti bilan tengqur bо‘lib, ilk kafedra mudiri lavozimida filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.S.Yadixanova faoliyat kо‘rsatgan. Olima T.S.Yadixanova kafedrada 25 yil (1954-1979) davomida mudirlik lavozimida ish olib bordi. U rahbarlik qilgan davrda о‘zbek adabiyoti kafedrasi ham ma’lum vaqt (1963-1964) о‘zbek tilshunosligi kafedrasi tasarrufiga kirdi va О‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi nomi bilan yuritildi. Bu davrda tilshunoslardan A.Mamatqulov, T.О‘rinov, B.Egamberdiyev, A.Hazratqulov, T.Nafasov, E.Shodmonov, K.Usmonov, H.Hamroyev, N.Mirzayev B.Choriyev, T.Qudratov kabi olimlar nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishib, kafedra ilmiy salohiyatini oshirishga о‘z hissalarini qо‘shdilar. Shuningdek, pedagogika fanlari nomzodlari I.Choriyev, H.Zohirov, G‘.Azizovlar ham ona tili о‘qitish metodikasidan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashdi.

Kafedrani 1979-1985-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Choriyev boshqardi. Bu davrda kafedra olimlari bir necha о‘quv qо‘llanmalari, kо‘plab monografiya va maqolalar e’lon qilishdi 

Professor T.Nafasov 1986-2003-yillarda о‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Bu yillarda kafedraga о‘nga yaqin iste’dodli yoshlar ishga qabul qilindi. Ulardan prof. T.Nafasov rahbarligida E.Jabborov, O.Begimov nomzodlik, prof. E.Begmatov rahbarligida X.Jabborov nomzodlik, professor H.Ne’matov rahbarligida T.Jumayev nomzodlik, B.Mengliyev esa nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Kafedra mudiri lavozimida 2003-yil sentabr oyidan buyon filologiya fanlari doktori, professor B.Mengliyev faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

2002-yildan boshlab kafedra о‘zining yangi ilmiy istiqbolli bosqichiga kо‘tarildi. Qisqa vaqt ichida professor B.Mengliyev rahbarligida olib borgan ulkan ishlar samarasi sifatida 3 nafar fan nomzodi yetishib chiqdi va bir necha mustaqil-tadqiqotchilar himoya arafasida turishibdi. Shuningdek, bugungacha professor B.Mengliyev tomonidan bakalavriat yо‘nalishidagi talabalar uchun о‘nga yaqin о‘quv qо‘llanmalari yozildi va yuzga yaqin maqolalar chop etildi.

Kafedra mudiri lavozimida 2009-yil noyabr oyidan buyon filologiya fanlari nomzodi, dotsent X.Jabborov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. 2015 yil mart oyidan E. Jabborov kafeda mudirligiga saylangan. Hozirgi kunda 4 nafar professor-o'qituvchi doktorlik dissertatsiaysi ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ulardan 2 nafari ilmiy ishlarini nihoyasiga yetkazgan. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’plab risolalar, o’quv –uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va ommaviy axborot vositalarida, davriy matbuotda ko’plab ilmiy maqollar chop etildi. Shu bilan birga turli xalqaro ilmiy anjumanlarda o’z ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar.

Bugungi kunga kelib kafedrada magistratura mavjud bo‘lib, magistratura talabalari ham kafedra ilmiy muammosi yo‘nalishi doirasida ilmiy tadqiqotlarga jalb qilingan. Magistrlarga kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Ayni paytda kafedra jamoasi 19 nafar professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lib, shundan 3 nafari dotsent, 9 nafari fan nomzodi, 3 nafar katta o`qituvchi, 4 nafar o`qituvchilardan iborat. Hozirgi kunga kelib 10 nafar xotin-qizlar tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qiruvchilarining o‘rtacha yoshi 47, ilmiy salohiyati esa 85 % ga yetgan.

Kafedra tashkil etilgan kundan ishlab kelmoqda. Shu davr jarayonida kafedra o’qituvchilari tomonidan bir kator monografiyalar, risolalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalari tayyorlandi va turli mavzularda ilmiy makolalarni ittifoq va respublika gazeta, jurnallarida chop ettirdilar. Kafedra o’qituvchilari AQSH, Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, 

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Rossiya FA huzuridagi Turkologiya bo‘limi, Chelyabinsk davlat universiteti (Rossiya) Turkiya respublikasi FA turkologiya (Anqara) bo‘limi, shuningdek, O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, O‘zMU, Nizomiy nomidagi TDPU, BuxDU, SamDU, FarDU, TerDU, UrgenchdU, NamDU, QDPIlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Hozirgi kunda kafedrada dotsentlar X.Jabborov, B.Bahriddinova, filologiya fanlari nomzodlaridan E.Jabborov, T.Jumayev, O.Shukurov, I.Xudoynazarov, O.O‘rinova, N.Musulmonova, N.Yuldoshevalar talabalarga saboq berish bilan birga yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi har yili “O‘zbek tilshunosligi masalalari” nomli to‘plami nashr qilib unda universitet va fakultetlar hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. 

Universitetda an’anaviy ravishda har yili ikki marta turli mavzularida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etib, o’tkazmoqdalar.

 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar: 

5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlaydi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 210 nafar talaba tahsil olmoqda.

 

Kafedra ilmiy yo’nalishi: 

1. “Til sathini sistema sifatida taqdid etish”

2.  “Leksigrafiya va lug‘atchilik muammolari”  

 

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat  

  • Fonetika-fonologiya

  • Leksikologiya-leksikografiya

  • Morfemika-morfologiya

  • Sintaksis

  • Qadimgi turkiy til

  • Tarixiy grammatika

  • O‘zbek adabiy tili tarixi

  • Tilshunoslikka kirish

  • Umumiy tilshunosligi

  • O‘zbek dialektologiyasi

  • Turkiy filologiyaga kirish

  • Turkiy tillar qiyosiy-tarixi grammatikasi

  • O‘zbek tili o‘qitish metodikasi

  • O‘zbek tilshunosligi tarixi

  • Sotsiolingvistika

  • Nutqi madaniyati asoslari

  • O‘zbek tili

  • Ona tili (fonetika, leksika)

  • Ona tili (morfemika, so‘z yasal,morfologiya)

  • Ona tili (morfologiya,sodda gap sintaksisi)

  • Ona tili (qo‘shma gap sintaksis)

  • Ona tili

  • Badiiy matnning lisoniy tahlili

  • Davlat tilida ish yur. va imlo qoidalari

Magistratura

  • O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari

  • Nutq madaniyati

  • Antropolingvisti-ka

  • Lingvistik tadqiqot metodologiyasi sd metodlari

  • Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1. Jabborov Xo‘jamurod – kafedra mudiri, dotsent

2. Jabborov Eshpo‘lat – katta o‘qituvchi, f.f.n.

3. Jumayev Tursunali – katta o‘qituvchi, f.f.n.

4. Shukurov Otabek Ulashovich – katta o‘qituvchi, f.f.n.

5. Xudoynazarov Ikrom Imomovich – katta o‘qituvchi, f.f.n.

6. O‘rinova Olima Tog‘ayevna – katta o‘qituvchi, f.f.n.

7. Bahriddinova Bashorat Ma’diyevna – dotsenti, f.f.n.

8. Musulmonova Nargiza Raxmatullayevna – katta o‘qituvchi, f.f.n.

9. Yuldosheva Nilufar Ergashevna  – katta o‘qituvchi, f.f.n.

10. Bobojonov Sharif Xudoyshukurovich – dotsenti, f.f.n.

11. Xurramov Qo‘yli – dotsenti, f.f.n.

12. Jumayeva Salima Cho‘yanovna – katta o‘qituvchi, f.f.n.

13. Shodmonova Dildora Ergashevna      – katta o‘qituvchi

14. Bozorova Dildora Tursunovna  – katta o‘qituvchi

15. Kenjayev To‘lqin Arabovich     – katta o‘qituvchi

16. Tojiyeva Gulbahor Nomozovna – o‘qituvchi

17. Nafasova Vazira To‘rayevna     – o‘qituvchi

18. Valiyev To‘ychi Qorjovovich    – o‘qituvchi

19. Norxadjayeva Xurshida Sharipovna – o‘qituvchi

 

 

JoomShaper