ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Shodmonov Nafas Namozovich, 

Filologiya fanlari doktori

 Telefon: (+99890) 722-06-26

  Elektron manzili:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Kafedra haqida

 “Adabiyotshunoslik” kafedrasi 1964-yildan mustaqil kafedra sifatida faoliyat kо‘rsatib keladi. Kafedrada uzoq yillar professor va fan nomzodlaridan A.Shermatov, V.Tohirzoda, A.Qahhorov, X.Rizayeva, O.Ikromov, A.Rasulov, T.Bozorov, F.Eshimov, P.Ravshanov, B.Yо‘ldoshev, D.Tо‘rayev, G.Imomovalar mudirlik vazifasida ishlaganlar. 2014 yil 29-maydan kafedrani filologiya fanlari doktori Nafas Namozovich Shodmonov boshqarmoqda.

Kafedrada 17 nafar professor-o’qituvchi, shundan 2 nafar fan doktori, professor, 10 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 nafar katta o’qituvchi va 1 nafar assistent o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 67 % bo’lib, fan doktorlarining o’rtacha yoshi – 60, fan nomzodlarining o’rtacha yoshi – 45 yoshni tashkil etadi.

Qarshi davlat universiteti Ilmiy kengashining 2014 yil 27 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi “Adabiyotshunoslik” kafedrasi deb o‘zgartirildi. 

Hozirgi kunda kafedra professor-о‘qituvchilaridan prof. D.Tо‘rayev, f.f.d. N.N.Shodmonov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar P.Ravshanov, G.Imomova, A.Ergashev, D.Xalilova, filologiya fanlari nomzodlari, katta o‘qituvchilar S.Mо‘minova, Sh.Qahhorova, A.Hamdamov, Sh.Karomova, N.Ochilov,  Sh.Nuriddinov, katta o’qituvchilar R. Jumayev, I.Jabborov, B.Rizayev, F.Qiyomov hamda assistant o‘qituvchi G.Ravshanovalar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Kafedra professor-о‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida ko'plab ilmiy monografiyalar, risolalar, o‘quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

Kafedrada “Hozirgi o‘zbek adabiyotining janrlar taraqqiyoti” va “O‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodini o‘rganish muammolari” kabi ustuvor mavzularda kompleks ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra O‘zR FA Til va adabiyot instituti, O’zMU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU  kabi oliy ta'lim muaassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Kafedra qoshida “Shalola” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, unga 40 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun ular bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, mazkur ta’lim muassasalarida kafedra filiallari tashkil etilgan. Jumladan, Qarshi davlat universiteti qoshidagi 1-, 2-, 4-akademik litseylar, Qarshi pedagogika kolleji, Qarshi madaniyat kolleji, Qarshi Bank kolleji, Qarshi tuman iqtisodiyot kolleji, G’uzor agrobiznes kasb-hunar kollejlariga kafedraning malakali o‘qituvchilari biriktirilgan. 

Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman va ko’rik tanlovlarga o‘z ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib kelishmoqda. Har yili kafedra a’zolari tashabbusi bilan adabiy fanlar dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika va vazirlik miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan, 2013-yil 3-mayda “Adabiy manba: o‘rganishnining zamonaviy tamoyillari va nashr muammolari” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Kafedra ilmiy yonalishi: “O‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og’zaki ijodini o’rganish muammolari”.

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yonalishlari va mutaxassisliklar:

5120101 – Filologiya va tillarni oqitish (о‘zbek tili) yo‘nalishi va 5A111201 - O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

 

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat    

  • Adabiyotshunoslikka kirish
  • О‘zbek xalq og‘zaki ijodi
  • О‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi
  • Hozirgi adabiy jarayon
  • Jahon adabiyoti tarixi
  • Fors tili
  • Matnshunoslik asoslari
  • Milliy uyg‘onish davri о‘zbek adabiyoti
  • Adabiyot о‘qitish metodikasi
  • Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi
  • Badiiy nasr poetikasi.
  • Adabiyot nazariyasi.
  • Badiiy tahlil asoslari.
  • О‘zbek adabiy tandiqchiligi tarixi
  • Aruz asoslari
  • Yangi о‘zbek adabiyoti tarixi
  • Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari
  • О‘zbek bolalar adabiyoti
  • Bolalar adabiyoti va folklor (boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishi uchun)
  • О‘qituvchi nutqi madaniyati (maktab ta’lim, boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishi uchun)
  • Notiqlik san’ati va nutq madaniyati (MG‘, MA va HT yо‘nalishi uchun)
  • Eski о‘zbek yozuvi (tarix yо‘nalishi uchun)
  • О‘zbek adabiyoti (MG‘, MA va HT yо‘nalishi uchun).

 

Magistratura

  • Mutaxassislik fanlarini о‘qitish metodikasi
  • Adabiyot nazariyasining ilmiy asoslari
  • Mumtoz adabiyotning asosiy yо‘nalishlari
  • Adabiy tur va janrlar estetikasi
  • Istiqlol davri o’zbek adabiyotining nazariy asoslari
  • Nutq madaniyati(nomutaxassis yо‘nalishlari uchun)

Kafedra professor-oqituvchilari tarkibi:

  • Shodmonov Nafas Namozovich – filologiya fanlari doktori, kafedra mudiri
  • Tо‘rayev Damin – filologiya fanlari doktori, professor
  • Ravshanov Poyon – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  • Imomova Gulchehra Muhammadiyevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  • Mо‘minova Saodat Aralovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Qahhorova Shaxnoza Abdimo'minovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Hamdamov Akram Nasriddinovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Karomova Shohida Lutfullayevna – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Xalilova Dilbar Jalilovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  • Ochilov Nasim Kamolovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Ergashev Abdiolim – filologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
  • Jumayev Rashid Normurodovich – katta o’qituvchi
  • Jabborov Is’hoq Shukurovich – katta o’qituvchi
  • Rizayev Baxtiyor Xolliyevich – katta o’qituvchi
  • Qiyomov Farhod Raupovich – katta o’qituvchi
  • Ravshanova Gulruhbegim Qahramon qizi– o’qituvchi

 

Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy

JoomShaper