O'ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI

Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali (1945 y)da tashkil etilgan. 1956 yilda  mazkur filial Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirildi va Tarix-filologiya fakulteti tashkil etildi. 1963 yildan boshlab o‘zbek filologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. 1977 yilda Tarix-filologiya fakultetidan  tarix va filologiya fakultetlari alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi. 1989 yilda tarix va filologiya fakultetlari birlashtirildi. 2008 yilda mazkur fakultet yana alohida ikkita fakultetga ajratildi. O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zR OO‘MTV tomonidan 2011 yilda tasdiqlangan Qarshi DU yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb nomlandi. 2014 yil avgust oyida tasdiqlangan Qarshi DU yangi tashkiliy tuzilmasida O‘zbek filologiyasi fakulteti deb nomlandi.

 

2015-2016 o‘quv yilida O‘zbek filologiyasi fakultetida 432 nafar talaba tahsil oladi.

 

Fakultet ma'muriyati:

O'zbek filologiyasi fakulteti dekani

Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00(Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 97) 311-18-30

E-mail:  shahnur.82@umail.uz

           

 

 

 

Ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini

Karomova Shohida Lutfullayevna  

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 474-68-28

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini 

Jumayev Rashid Normurotovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 91) 470-96-95                  

E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

          

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini

Jabborov Is'hoq Shukurovich 

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 

(Seshanba va Juma kunlari) 

Telefon: (+998 91) 960-36-74 

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

  

 

Fakultet kafedralari:  

  • Adabiyotshunoslik  kafedrasi
  • O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi: 

  • 5120100 –filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) 

      Quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistraturalarni tayyorlaydi: 

  • 5A111201 O‘zbek tili va adabiyoti 

Hozirgi vaqtda fakultetda 36 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, shundan 2 nafari fan doktori, professor; 6 nafari fan nomzodi, dotsent; 14 nafari fan nomzodi, katta o‘qituvchi; 7 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari assistent-o‘qituvchilardir. Ilmiy salohiyat-62% ni tashkil etadi. 

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR 

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda fakultetda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor berilib, universitet Axborot-resurs markazi, ZiyoNET va boshqa saytlarda joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 21 ta monografiya, 17 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirildi. 

Kafedralar nomi

Darsliklar soni

O‘quv qo‘llanmalar soni

Monografiyalar soni

1.

Adabiyotshunoslik

-

10

10

2.

O‘zbek tilshunosligi

-

10

11

Fakultetda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning Ilmiy-nazariy seminari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu seminarda professor-o‘qituvchilar ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar, ilmiy maqolalari, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning ishlari muhokama qilinadi va himoyaga tavsiya etiladi.

Fakultetning iqtidorli talabalaridan  Islomova Shoira (2010 yil), Akbarov Muhiddin (2011 yil), Pirnazarova Sitora (2012 yil), Sulaymonov Bobur (2012 yil) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, 2011 yilda Xurramova Dilobar “Kelajak ovozi” tanlovining ta’lim grantlari va Rahimova Dilnoza “Mehr nuri” jamg‘armasining iqtidorli talabalar  stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, fakultet talabasi Nodira Odilova 2015 yilda “Yilning eng faol yosh jurnalisti” Respublika ko‘rik tanlovining radio yo‘nalishida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

Fakultet qoshidagi kafedralarda fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Adabiyotshunoslik” kafedrasi qoshida “Shalola” (rahbari kat.o‘qit. Sh.Karomova), “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi qoshida “Yosh tilshunos” (rahbari o‘qituvchi G.Tojiyeva) fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, fakultetda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Nilufar Umarova rahbrligida yosh ijodkorlarning “Yoshlik ilhomlari” adabiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.

JoomShaper