JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI

Fakultet tarixi 

Jismoniy madaniyat fakulteti o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qilingan holda olib boradi.  Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. 

Jismoniy madaniyat fakulteti 1965-yilda Tabiatshunoslik  fakulteti tarkibida  bo‘lim sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur bo‘lim 1971-yil  Jismoniy madaniyat fakultetiga aylantirilgan.   

  Fakultet ma'muriyati:

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

Eshpo‘latov Faxriddin Rayimovich 

Qabul vaqti: dushanba, shanba kunlari 14°° dan 16°°  gacha 

Telefon (+99891) 225-10-83

Elektron pochta:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, katta o‘qituvchi

Egamberdiyev Farhod To‘xtayevich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 18:00 gacha

Telefon: (+998 91) 452-36-62

Е-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, o‘qituvchi

Davronov Ernazar Orziyevich

Qabul vaqti: chorshanba, payshanba kunlari 14°° dan 15°°  gacha

Telefon: (+998 91) 225-09-47

Е-mail: davronove@umail.uz

 

 

 

Ilmiy  ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari 

 Bobomurodov Feruz Ismoiljonovich 

Qabul vaqti: payshanba,shanba kunlari 14°° dan 15°°  gacha 

Telefon: (+998 91) 455-66-98 

Е-mail: feruz.bobomurod78@umail.uz

 

 

 

Fakultetda 2 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • 5112000-Jismoniy madaniyat
  • 5112001-Xotin-qizlar sporti

Fakultetda 36 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Shundan 3 nafari fan nomzodi, dotsent, 10 nafari katta o‘qituvchi  va  23 nafari assistent o’qituvchi.

Fakultetda 433 nafar talaba tahsil oladi, shundan 110 nafari davlat granti, 323 nafari shartnoma asosida (139 nafar xotin-qizlar).

Bugungi kunda fakultetdan ko‘plab sportchilar, shu jumladan, karate bo‘yicha jahon kubogi sovrindori bir necha bor Osiyo chempioni Sofiya Kaspulatova, Nail Kaspulatov, karate bo‘yicha Osiyo va xalqaro turnirlar g‘olibi Murodullayev Dilshod, kurash bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Bahrom Avazov, bir necha bor Osiyo chempionlari, jahon birinchiligi ishtirokchilari, Abdurahimova Dilafro’z, Donayeva Dinara, Eshtemirova Sohibalar, dzyu-do kurashi bo‘yicha Atlanta olimpiada ishtirokchisi Alisher Muxtorov, dzyu-do bo‘yicha jahon kubogi ishtirokchisi, gran-pri sovrindori Soyib Qurbonov, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari  Farmonov Mirzohid, Norqobilov Ulug'bek, taekvando bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Abdurahmonova Feruzabonu, Nasaf futbol klubi a’zosi A’zamov Sherzod, To‘rayev Kenja, “Shurtan” FK dan Berdiyev Aktam, dzyu-do kurashi bo‘yicha Saidov Rustam, Bo`tayev Muhriddin, Osiyo chempioni Dilfuza Temirova, og‘ir atletika bo‘yicha Bo’riyeva Zilola O‘zbekiston chempionlari tahsil olganlar. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan VI “Universiada-2013” musobaqasida fakultet talabalari bir qator sport turlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallashgan. Jumladan, dzyu-do bo‘yicha Bo`tayev Muhriddin va Saidov Rustam hamda, milliy kurash bo’yicha Abrayev Davlatlar oltin medal sohibi bo’lganlar.

Hozirgi kunda futbol bo’yicha O’zbekiston terma komandasi a’zolari Filiposyan Artyom, Qodirqulov Botir, Karimov Hamza, Suyunov Eldor, Abduvohidov Ravshanlar, Yunon-rum kurashi bo’yicha Osiyo chempionati ishtirokchisi Turdiyev Jahongir, 2016 paralimpiya litsenziya me’yoriy sohibi Norov Sirojiddin, Yunon-rum kurashi bo’yicha Shermatov Ermatbek, Suyarov Nurislom, Mahmudov Abdusodiqlar, Suzish bo’yicha 2016 yil 31-Olimpiya litsenziya meyori sohibasi Amanova Ra’noxon, Amilov Farhodbek, Aliqulov Bekzodlar, karate bo’yicha jahon chempionati 7-o’rin ishtirokchisi Egamberdiyeva Farangiz, ogir atletika bo’yicha jahon chempionati ishtirokchisi Kenjayev Davron, Berdiyeva Dilyayra, Bo’riyeva Bibioysha, Qandaharova Dilafro’z, Qahramonova Sitora, Chorshanbiyeva Hulkar, To’raboyeva Laylolar, taekvondo bo’yicha Sharopov Shahboz, Axmedova Feruza, Jalilova Marjonalar  tahsil olib kelmoqdalar

 

 

 

JoomShaper